Davolash. O’kir pankreatitni patogenetik davolash, ya’ni asosiy davo
tadbirlari patogenez kontseptsiyasiga muvofiq kelishi kerak.
Ferment toksemiyaga qarshi kurashish uchun quyidagilardan foydalaniladi:
1) me’da suyuqligini aspiratsiya qilish va me’dani sodali sovuq eritma
bilan yuvish (me’da suyuqligidagi xlorid kislota pankreatik sekretsiya
stimulyatori hisoblanadi). Oddi sfinkteridagi spazmni yo’qotish uchun atropin
yuborish, me’da osti bezi gipotermiyasi, 4-5 kungacha tsitostatiklar yuborish (5-
ftoruratsil, ftorafur va boshqa pankreatik fermentlar ishlanishini to’xtatadi) bez
494
tashqi sekretor funktsiyasini pasaytiradi; 2) spazmolitiklar yuborib ishlab
chiqarilgan fermentlarning normal evakuatsiyasini ta’minlash; 3) qon o’zaniga
yoki qorin bo’shlig’iga tushgan fermentlarni yo’qotish; ko’krak limfatik yo’lini
limfosorbtsiya bilan drenaj qilish, diurez stimulyatsiyasi; qorin bo’shlig’ini
drenajlash; 4) fermentlarni proteazlar ingibitorlari bilan (kontrikal, gordoks,
tsalol va boshqa) aktivsizlantirish.
Og’riqni yo’qotish yoki kamaytirish uchun analgetiklar va spazmolitiklar
(no-shpa, papaverin, platifillin) qo’llanilishi zarur. Peridural blokada (orqa miya
peridural bo’shlig’ini anestetiklar yuborib kateterlash) yaxshi samara beradi.
Suv-elektrolit muvozanatini (balansi) idora qilish, yurak faoliyatini
normaga solish va toksikozni pasaytirish maqsadida 5-10% li glyukoza
eritmalari, poliion eritmalar, poliglyukin, plazma, qo’llanilishi tayinlanadi. Kaliy
preparatlari, yurak glikozidlari ko’rsatmalar bo’yicha tayinlanadi.
Qonning reologik xususiyatlarini yaxshilash va tomir ichida qon ivishini
profilaktika qilish uchun har 4 soatda reopoliglyukin va geparin (5000 TB)
qo’llaniladi.
Antiferment muolaja. Proteazalar ingibitorlari bilan davolash. 1953 yilda
Frea o’tkir pankreatitni davolash uchun birinchi marta kallikrein inaktivatori –
trasilolni qo’llagan. Hozirgi vaqtda boshqa ingibitorlar: kontrikal, gordoks,
pantripin, iniprol, zimofen va boshqalar keng qo’llanilyapti. Ingibitorlar ko’p yil
qo’llanilishiga qaramay, ularning ta’sir mexanizmi, fazalari, qo’shimcha ta’siri
to’g’risida yagona fikr yo’q. Ko’p sonli tekshirishlarda proteazalarning
ingibitorlari pankreonekrozda ro’y-rost terapevtik samara berishi, zarbali
dozalari bilan qo’shma davolash esa pankreatogen toksemik asoratlardan o’limni
birmuncha pasaytirishi aniqlangan. Preparatni oddiy usullarda (mushak orasiga
va venaga) yuborish me’da osti bezida va qorin bo’shlig’ida antiferment
preparatlarning
yuqori
kontsentratsiyasini
ta’minlay
olmaydi.
Bunga
preparatlarni qo’shma usulda: venaga, regionar – arteriyaga, qorin pardasi
ichiga, qorin pardasi orqasiga yuborilganda muvaffaq bo’linadi. Proteaza
ingibitorlarining yuqori mahaliy kontsentratsiyasi aktiv tripsinogenni bloklab
495
qo’yish, periatsinar bo’shliqda tripsinning aktivsizlanishi va proteoliz regionar
jarayonlarini to’xtatib qo’yishni, kininogenez va fibrinolizni ta’minlaydi.
Tsitostatiklar bilan davolash. Oqsil sinteziga atsinoz xujayralari bilan ta’sir
qilib tsitostatiklar (5-ftoruratsil, ftorafur) me’da osti bezi ekzokrin funktsiyasini
to’xtatish 70-yillarning II yarmida pankreonekrozda qo’llanilgan. 5-ftoruratsil
500 ml fiziologik eritmada suyultirilib, sutkasiga bir marta 2-3 kun mobaynida
250-300 mg dozada yuboriladi. Preparat qorin aortasiga selektiv yuborilganda
davolash anchayin ta’sirchan bo’ladi. Kasallikning kechikkan muddatlarida
tsitostatiklarning davolash ta’sirchanligi juda ozligini ta’kidlab o’tish zarur.
Detoksikatsiya. Pankreatogen toksemiya kasallikning birinchi davrida
rivojlanadi. Agar bu davrda detoksikatsiya o’tkazilmasa, bemor ahvoli
jiddiylashadi, ingibitor to’siq mexanizmlar izdan chiqadi, mahalliy patologik
jarayon buziladi va uning avj olishi mikrotsirkulyatsiya buzilishi va qon tomir
ichida qon ivishi sindromi ta’siri ostida sodir bo’ladi. O’z vaqtida o’tkazilgan
detoksikatsion muolajagina patologik jarayonning bundan keyingi rivojini
to’xtatadi.
Detoksikatsiyaning ta’sirchan usullaridan biri infuzion muolajani
organizmni suyuqlik bilan to’yintirish (gemodilyutsiya) va diurezni kuchaytirish
bilan qo’shib olib borishdan iborat. Gemodilyutsiya va kuchaytirilgan diurez
printsiplari oddiy, hamma e’tirof qilgan tamoyildir. Diurez soatiga 25 ml dan
pasayib ketganda kuchaytirilgan diurez tayinlanadi.
Ko’krak limfatik yo’lini tashqariga drenaj qilish. O’tkir pankreatitni
davolash uchun bu usulni qo’llanish patogenetik asoslangan. Pankreonekrozda
jigar interstitsial bo’shliqlari shishishi va kompressiyasi, shuningdek
mikrotsirkulyator buzilishlar sababli limfaga me’da osti bezi fermentlari va
autoliz mahsulotlari ko’p o’ta boshlaydi, bunda uning toksinligi keskin ortadi.
Limfaning toksikligi darajasi me’da osti bezi zararlanishining og’ir-engilligiga
bog’liq. Limfaning tashqariga chiqarilish jarayonida, asosan dastlabki 2-3 sutka
ichida uning toksikligi kamayadi. Bu davrda limfa bilan birga autoagressiv
fermentlarning kattagina miqdori – lipaza va tripsin chiqariladi. Ayniqsa yog’li
496
nekrozda tashqi limfa drenaji ro’y-rost detoksikatsion natija beradi. Limfa bilan
birga oqsillar, elektrolitlar yuqotilishi – limfa oqib ketishining salbiy tomoni
hisoblanadi.
So’nggi yillarda klinik amaliyotga aktiv detoksikatsiya usullari:
limfosorbtsiya (R. Panchenko, 1982) va gemosorbtsiya (Yu.M. Lopuxin, 1975)
jadallik bilan joriy qilindi. Sorbentlar bilan tozalangan limfa reinfuziyasi tashqi
drenajlar usulining keyingi rivoji bo’lib hisoblanadi. Limfosorbtsiyaga amalda
monelik qiladgan hollar yo’q, biroq uni qo’llanish limforeya yuqori bo’lganda
yaxshi natija beradi.
Pankreonekrozda gemosorbtsiya og’ir endotoksikozda, pankreatogen shok
hodisalarida va jigar-buyrak etishmovchiligida rivojlanadigan intoksikatsion
psixozlarda qo’llanilishi kerak.
Og’ir pankreatik endotoksikozda plazmoferez o’tqazishda yuqori davo
natijasi olingan (A.M. Sazonov, 1984). Bu usulda asbob-uskuna yordamida
limfa suyuqligi xaydalib (1-1,5 l gacha) donor plazmasi va albumin bilan
aralashtiriladi. Plazmoferezning davo ta’siri plazma bilan birga ekzogen va
endogen toksinlarni chiqarishdan iborat. Tozalangan limfa organizmga qaytadan
quyiladi.
Laparoskopik drenajlash va qorin bo’shliq perfuziyasi. Pankreatogen
peritonit jadal kechadi, tez oshib boradigan intoksikatsiya, parenximatoz a’zolar
distrofiyasi, gemodinamikaning og’ir buzilishini keltirib chiqaradi.
Peritonitga qarshi kurashning ta’sirchan chorasi ekssudatni aktiv chiqarish,
qorin bo’shlig’iga antiferment preparatlar, antibiotiklar yuborish hisoblanadi.
Shu maqsadda pankreonekrozni eng ta’sirchan va bezarar davolash usuli qorin
bo’shlig’ini laparoskopik drenajlash, ayni vaqtda ekssudatni bartaraf etish va
qorin bo’shlig’iga peritoneal dializ o’rnatish va qo’llash hisoblanadi.
Pankreatogen peritonitni laparoskopiya usuli bilan davolash ikki
bosqichdan – diagnostik va davolash bosqichidan iborat bo’ladi. Diagnostik
bosqichda pankreatit turi, peritonitning bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Gemorragik
ekssudat, steatonekroz dog’lari va aseptik pankreatogen peritonit belgilari
497
ikkinchi bosqich – qorin bo’shlig’ini qorin ichi perfuziyasi yoki infuziyasi
o’tqazish maqsadida drenajlash uchun asosiy ko’rsatma hisoblanadi.
Arteriya ichi regionar infuzion muolaja (RIM). Bu usulni o’tkazishga
asosiy ko’rsatma pankreonekroz kechishining avj olishi, peritonit va toksemik
asoratlardir. RIM ni o’tkazish uchun ishlatiladigan preparatlar aralashmasining
tarkibi: kontrikal – 60000 TB, geparin – 2000 TB, reopoliglyukin – 400 mg,
nikotinat kislota – 20 ml, novokain – 2,5 g, izotonik natriy xlorid eritmasi yoki
Ringer-Lokk eritmasi – 1000 ml umumiy hajmgacha.
Buning uchun, kateter rentgentelevizion moslama nazorati ostida
o’rnatiladi. RIM ning asosiy davo vazifasi proteoliz va kininogenez jarayonlarini
to’xtatish, qon mikrotsirkulyatsiyasining lokal va sistem o’zgarishlarini
davolash, shuningdek markaziy gemodinamika buzilishlarini bartaraf qilishdan
iborat. Shunga ko’ra RIM pankreatogen shokni davolashda, pankreonekroz va
fermentativ peritonit rivojlanishining oldini olishda asosiy usullardan biri
hisoblanadi.
Me’da osti bezining lokal gipotermiyasi. O’tkir pankreatitni davolash
bo’yicha tadbirlar kompleksiga me’da osti bezini qorin devori, me’da, yo’g’on
ichak orqali sovutish yo’li bilan gipotermiya holatini yuzaga keltiradilar. Bunda
haroratni anchagina pasaytirish bez to’qimasida modda almashinuvi
jarayonlarini susaytiradi, uning fermentativ funktsiyasini va proteolitik
fermentlar aktivligini kamaytiradi.
Bevosita lokal gipotermiyani operatsiyadan keyingi davrda me’da osti
beziga operatsiya vaqtida kiritilgan maxsus zond yordamida bajariladi. Bezda
asosiy operatsiya (rezektsiya, drenajlash, omentopeksiya, abdominizatsiya va b.)
o’tkazilgandan keyin unga ikki bo’shliqli naycha bilan ulangan maxsus
tayyorlangan lateks ballon qo’yiladi, uni chap qovurg’alar ostidagi kesma orqali
tashqariga chiqariladi.
Me’da osti bezini 2-4 soatdan kuniga 3 marta muntazam sovutiladi.
Ko’pgina olimlar e’tibor bergan bu usulning afzalligi – me’da osti bezini
umumiy yoki lokal gipotermiya holatini chaqirishdan iborat deb hisoblaydilar.
498
Biroq, ular gipotermiyani amalga oshirish uchun maxsus xirurgik operatsiya
o’tqazishni tavsiya qilmaydilar.
O’tkir pankreatitni xirurgik davolash. O’tkir pankreatit quyidagicha
xirurgik davo qilinadi:
1) o’tkir pankreatit, uning destruktiv formalari; xoletsistit bilan birga
uchraganda;
2) 36-48 soat mobaynida konservativ davolash naf bermaganda;
3) qorin bo’shlig’ini laparoskopik drenaj qilib bo’lmaydigan pankreatogen
peritonitda;
4) o’tkir pankreatit asoratlarida; charvi xaltasi abstsessi, qorin pardasi
orqasidagi kletchatka flegmonasida.
O’tkir pankreatitning destruktiv formalarini aniqlashda va davolashda
laparoskopiyaning ahamiyati katta, o’ning yordamida diagnozni aniqlash, o’t
chiqaruv yo’llari gipertenziyasini aniqlash va laparoskop nazorati ostida teri
orqali xoletsistostomiya o’tkazish, biroq eng muhimi – qorin bo’shlig’ini
suyuqlik aspiratsiyasi uchun drenajlash (ferment toksemiyani kamaytirish),
qorin bo’shlig’ini antibiotiklar va proteaza ingibitorlari bilan yuvish mumkin.
O’tkir pankreatitni davolash kasallikning davriga asoslanadi.
Kasallikning
fermentativ
davrida
bemorlarga
bazis,
antisekretor,
detoksikatsion muolaja, immunostimulyatsiya, antibakterial davolash olib
boriladi (4-jadval).
Me’da osti bezidagi destruktiv jarayonga nisbatan kasallikning fermentativ
davrida davolash o’ziga xos xususiyatlariga egadir. O’tkir shishli pankreatitda
davolash bazis va antisekretor muolajadan iborat bo’ladi.
4-jadval
O’tkir destruktiv pankreatitni fermentativ davrida davolash
Bazis muolaja
1. Ochlik (3 kungacha);
2. Lokal gipotermiya;
499
3. Nazogastral aspiratsiya;
4. Novokain blokadalar;
5. Spazmo- va xolinolitiklar.
Antisekretor muolaja
Sandostatin, oktreotid, 5-ftoruratsil, dalargin,
ribonukleaza.
Oshqozon
osti
bezi
gistoprotektsiyasi
1. Reologik aktiv muolaja: reopoliglyukin, ge-parin,
fraksiparin, kleksan, suloleksid;
2. Antioksidant va antigipoksantlar: E va C guruhlar
vitaminlari, olifen.
Yiringli
asoratlar
profilaktikasi
1. Antibiotiklar;
2. Immunokorrektsiya (ronkoleykin, tsikloferon,
timogen).
Detoksikatsiya
1. Nospetsifik: diurezni kuchaytirish, plazmo-ferez;
2. Spetsifik: antifermentlar (gordoks, kontri-kal,
trasilol);
3. Xirurgik kaminvaziv usullar (laparotsentez,
laparoskopiya).
Kichik o’choqli pankreonekrozda konservativ muolaja quyidagilardan
iborat:
1. Oshqozon osti bezi faoliyatini bosish (ochlik, mahaliy gipotermiya,
oshqozon zondlash va doimiy aspiratsiya, antisekretor muolaja – oktreotid,
sandostatin).
2. Detoksikatsiya (plazmaferez; ko’rsatmalarga asosan qorin bo’shlig’ini
laparoskopik drenajlash; infuzion muolaja va diurezni kuchaytirish).
3. Antifermentativ muolaja – kontrikal, gordoks, trasilol.
4. Og’riqni oldini olish (spazmolitiklar, analgetiklar, novokain blokadalar).
Katta o’choqli pankreonekrozda bemorlarga antisekretor, detoksikatsion,
antioksidant, antigipoksant, antiferment muolaja o’tqiziladi. Agar bemor kech
murojaat qilsa, katta o’choqli pankreonekrozda antisekretor muolaja
500
o’tkazilmaydi, chunki pankreonekroz rivojlanib bo’lgan va bu holatda me’da
osti bezi faoliyatini bosishdan foyda yo’q.
O’tkir destruktiv pankreatitni reaktiv davrida davolash quydagilardan
iborat: enteral zondli oziqlantirish, yuqori kaloriyalik parhez; ichakning normal
florasini
tiklash;
yiringli
asoratlarni
oldini
olish
(antibiotiklar,
immunokorrektsiya); antioksidant va antigipoksantlar.
O’tkir destruktiv pankreatit septik turida bemorlarga operativ davolanish
ko’rsatilgan.
O’tkir pankreatitni xirurgik davolashda operatsiyalarning quyidagi turlari
qo’llaniladi:
1) charvi xaltasini drenajlash,
2) me’da osti bezi dum qismi va tanasini rezektsiya qilish,
3) pankreatektomiya.
Bizning mamlakatimizda yopiq operatsiyalar – charvi xaltasini drenaj qilib,
peritoneal perfuziya, omentopankreatopeksiya, me’da osti bezi oldingi yuzasini
katta charvi to’plami bilan o’rash ko’proq tarqalgan. Omentopankreatopeksiya
jarayonning chegaralanishiga, me’da osti bezida qon ta’minotini yaxshilanishiga
imkon beradi, nekroz bo’lgan qismlarning bitishini tezlashadi. Bu usul yog’li
pankreonekrozning mayda va yirik o’choqli yakka formalarida qo’llanilishi
kerak.
Katta va total nekrozlarda yiringli-septik asoratlarning oldini olish uchun
erta o’tqaziladigan radikal operatsiyalar: sekvestrektomiya, nekrektomiya, bez
rezektsiyasi, pankreatektomiya eng istiqbolli hisoblanadi. Keyingi ikkita
operatsiyani aktiv kompleks davolash natija bermagan nekrotik jarayon esa tez
avj olib borayotgan bemorlarda o’tkazilgani ma’qulroq bo’ladi.
Sekvestrektomiya – nekrozga uchragan bez qismini jonsizlangan to’qima
chegarasida olib tashlash – o’tmas yo’l, digitoklaziya bilan bajarilishi mumkin
va bunda qon oqmaydi.
501
Nekrektomiya – nekrozlangan bez qismini qon bilan ta’minlanadigan
to’qimalar chegarasida olib tashlash – o’tkir yo’l bilan bajariladi; bez to’qimalari
nekroz chegarasi bo’ylab kesiladi va qonab turgan tomirlar qunt bilan tikiladi.
Me’da osti bezi rezektsiyasi – a’zoning bir qismini bezning o’zgarmagan
to’qimalari chegarasida ko’ndalangiga kesib olib tashlash, splenektomiya bilan
o’tishi yoki o’tmasligi mumkin. Ko’pincha me’da osti bezining korporokaudal
rezektsiyasi taloqni olib tashlash bilan birga bajariladi, chunki odatda qorin
pardasi ortidagi infiltratsiya bilan o’tadigan pankreonekrozda taloq venasi
trombozi bo’ladi. Bundan tashqari, taloqni saqlab qolish uning tomirli oyog’ini
bez to’qimasidan ajratish qiyinligi operatsiyani mushkullashtiradi.
Radikal operatsiyalarda me’da osti bezi yuzasini va qorin bo’shlig’i
bo’limlarini drenajlash aloxida ahamiyatga ega. Ko’pgina olimlarning tajribasi
shuni ko’rsatadiki, operatsiya natijasi ko’p jihatdan ekssudatni yaxshi
evakuatsiya qilishga va operatsiya qilingan joyni doimiy yuvib turishga bog’liq.
Me’da osti bezi rezektsiyasidan keyin qorin bo’shlig’ida drenajlarni eng qulay
joylashtirishni V.S. Zemskov taklif etgan.
Pankreonekrozda
pankreatoduodenal
rezektsiya
nihoyatda
kam
qo’llaniladi. Uni sobiq Ittifoqda A.A. Shalimov (1979) o’n ikki barmoqli ichak
devori destruktsiyasi bilan o’tgan total pankreonekrozli bemorlarda birinchi
marta muvaffaqiyatli qo’llagan.
Dostları ilə paylaş: |