Patologik anatomiyasi. O’tkir va surunkali pankreatit me’da osti bezi
atsinoz xujayralarining o’z-o’zini hazm qilishi, yallig’lanish reaktsiyasi
rivojlanishi, jonsizlangan parenxima o’rnida biriktiruvchi to’qima o’sib
qalinlashishi, jarayon avj olganda esa a’zo sklerozi bilan o’tadigan nekroz bilan
xarakterlanadi. Biriktiruvchi to’qima jadal rivojlanishi natijasida bez zichlashadi
va aksariyat hollarda, hajmi o’zgaradi. Mikroskopik tekshirishda to’qima fibrozi
bilan bir vaqtda uning yallig’li infiltratsiyasi, lipomatoz, bez yo’llari devorida
yallig’lanish o’zgarishlari kuzatiladi. Ba’zan bez yo’li bo’shlig’i obliteratsiyasi:
bez to’qimasiga tuzlar va kaltsiy yig’ilishi natijasida ko’p sonli mayda kistalar
topiladi.
Dostları ilə paylaş: |