Klassifikatsiyasi: Surunkali pankreatitning turli klinik kechishi bilan farq
qiladigan quyidagi formalari tafovut qilinadi (M.I. Kuzin va muallifdoshlari).
502
6. Surunkali soxta kistali pankreatit.
Etiologiyasi. Surunkali pankreatitning etiologik omillari qatoriga me’da
osti bezi bilan anatomik va fiziologik jihatdan bog’langan a’zolarning (o’t
pufagi, o’t yo’llari, jigar, me’da, o’n ikki barmoqli ichak) turli zararlanishlarini,
alkogolizm, ozib ketish, turli dori-darmonlar va kimyoviy omillar ta’siri, me’da
osti bezi shikastlari, o’tkir va surunkali infektsiyalar, intoksikatsiya, bez yo’li
sistemasi, me’da osti bezidagi o’zgarishlarni (birlamchi o’smalar) kiritish
mumkin.
Patogenezi. Surunkali pankreatitning o’tkir pankreatit patogenezi bilan
ko’p o’xshash tomonlari bor. Kasallik qaytalanishi jarayonga me’da osti
bezining yangi-yangi bo’limlari tortilishiga olib keladi, bu vaqti kelganda
funktsional parenximaning chandiqli biriktiruvchi to’qima bilan almashinuviga
sabab bo’ladi, bez yo’llarida va paravazal kletchatkadagi sklerotik
o’zgarishlarga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: