ma’lumotlari (ko’p ovqat eyish va spirtli ichimlik ichish, shikastlar va
og’riq, uning taxikardiya va arterial bosimning pasayishi bilan o’tishi asos bo’lib
491
xizmat qiladi. Peritonit rivojlangunga qadar qorin yumshoqligicha qoladi, biroq
ko’tarilgan bo’ladi, peristaltika bo’lmaydi. Ba’zan Meyo-Robson simptomi
musbat bo’ladi.
O’tkir pankreatitda laparoskopik tekshiruvlar bu kasallikni shoshilinch
diagnostika qilishning eng qimmatli usullaridan biri hisoblanadi. O’tkir
pankreatitda
laparoskopiya
o’tkir
pankreatit
formasini
aniqlashda,
pankreonekrozning
patobiokimyoviy
turini
bilishda
yordam
beradi,
pankreatogen peritonit, qo’shilib keladigan kasalliklarni (destruktiv xoletsistit)
aniqlashga imkon beradi.
Laparoskopik tekshirishga ko’rsatmalar quyidagicha: klinik manzaraning
noaniqligi, pankreatit va qorin bo’shlig’ining boshqa o’tkir kasalliklari o’rtasida
differentsial diagnostika qilish zarurligidir. O’tkir pankreatitning klinik belgilari
aniq bo’lganda laparoskopiya kasallikning formasini aniqlash va davo
muolajalarini bajarish uchun qilinadi. Laparoskopiyani qorin bo’shlig’ida
operatsiya o’tkazilgan, shuningdek katta ventral churralari bo’lgan bemorlarda
qo’llanilishi mumkin emas.
So’nggi yillarda kompyuter tomografiya (KT) va ultratovush yordamida
tekshirish eng ko’p axborot beradigan usullar bo’lib qoldi, ular me’da osti bezi
o’lchamlarini, strukturasining bir xil emasligini, patologik jarayon darajasini
aniqlab beradigan usullardan hisoblanadi (107, 108, 109-rasmlar).
492
107-rasm. O’tkir pankreatitning ultratovush tekshiruvida ko’rinishi.
108-rasm. Pankreonekroz natijasida rivojlangan oshqozon osti bezi
mikroabstsesslari (KT).
109-rasm. O’tkir pankreatitda yader-magnit rezonansli tomogrammasi.
493
Qorin aortasi tarmoqlarini selektiv va superselektiv angiografiya qilish
usullarini klinikaga joriy qilish me’da osti bezi kasalliklarining diagnostikasini
birmuncha yaxshiladi. Angiografik tekshirish o’tkir pankreatitda paydo
bo’ladigan me’da osti bezi angioarxitektonikasiga hos o’zgarishlarni aniqlashga
imkon beradi.
O’tkir pankreatitning hamma angiografik simptomlarini uch guruhga
bo’lish mumkin: 1) me’da osti bezi arterial o’zanidagi o’zgarishlar; 2) me’da
osti bezidagi gemotsirkulyatsiya buzilishi; 3) me’da osti bezini o’rab turgan
tomirlardagi va qorin aortasi havzasi tomirlaridagi o’zgarishlar.
O’tkir pankreatitda me’da osti bezi arterial o’zanidagi o’zgarishlar arteriya
bo’shlig’i kengayishi, surilishi, uzayishi va to’g’rilanishi, konturlarining
noaniqligi (chaplashib ketganligi), shaklining o’zgarishi va torayishi, betartib
joylashuvi, ayrim tomirlarning uzilishi, shuningdek tomir devoridagi
nuqsonlardan iborat.
Rentgenologik tekshiruvda o’tkir pankreatitning bilvosita belgilari
aniqlanadi. Obzor rentgenogrammada me’daning kengayganligi, unda suyuqlik
borligi aniqlanadi. Odatda o’n ikki barmoqli ichak qovuzlog’i kengaygan, parez
holatida bo’ladi.
Ba’zan o’tkir pankreatit belgilari qorin bo’shlig’idan transparietal
punktsiya yordamida ekssudat olish, me’da osti bezini asbob-uskunalar bilan
paypaslash, o’t pufagini transparietal punktsiyasi va drenaj qilish kabi maxsus
diagnostik muolajalar vositasida aniqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: