Xirurgik kasalliklar


Differentsial diagnostikasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   363
Differentsial diagnostikasi. O’tkir pankreatitni birinchi navbatda me’da va 

o’n ikki barmoqli ichakning teshilgan yarasi bilan differentsial diagnostika qilish 

kerak.  Teshilgan  yara  uchun  bemorning  navqiron  yoshi,  anamnezida  yaraning 

bo’lishi,  «xanjar  bilan  urgandek»  og’riq,  qusishning  yo’qligi,  «taxtasimon» 

qorin  kabi  xos  belgilar  tafovutlashga  yordam  beradi.  Perkussiya  qilganda  jigar 

to’mtoqligining  yo’qolishi  va  diafragma  gumbazi  ostida  rentgenologik 

tekshiruvda  aniqlanadigan  o’roqsimon  ozod  havo  borligi  xos  bo’ladi.  O’tkir 

pankreatit  odatda,  o’t-tosh  kasalligi  bo’lgan  va  yog’  almashuvi  buzilgan  yoshi 




 

490 


ulg’aygan  odamlarda  ko’proq  uchraydi.  O’tkir  pankreatit  uchun  og’riqning 

belbog’simon  bo’lishi,  uning  o’ziga  xos  irradiatsiyasi,  uzluksiz  qayt  qilish, 

«mushak  himoyasi»  simptomining  aniqlanmasligi,  qorinning  kepchishi, 

leykotsitoz, giperenzimemiya va diastazuriyalar xos bo’ladi. 

O’tkir xoletsistit va o’t sanchig’i xurujlari o’tkir pankreatit bilan bir qator 

umumiy  simptomlarga  ega  (to’satdan  boshlanishi,  o’tkir  og’riq,  og’riq 

irradiatsiyasi,  peristaltikaning  susayishi  va  b.)  Biroq,  o’tkir  xoletsistit  uchun 

og’riqning  o’ng  qovurg’alar  ostida  joylashuvi,  mushak  himoyasi  simptomi 

paypaslash vaqtida kattalashgan va og’riydigan o’t pufagi yoki o’ng qovurg’alar 

ostida  infiltrat  aniqlanadi,  qon  va  siydikda  diastaza  ko’rsatkichlari  normal. 

Ko’pincha 

o’tkir  pankreatit  o’t-tosh  kasalligi  zamirida  rivojlanadi 

(xoletsistopankreatit). 

O’tkir  pankreatit  bilan  o’tkir  mexanik  ichak  tutilishi  orasida  differentsial 

diagnoz  quyidagi belgilar  asosida  o’tkaziladi: o’tkir pankreatitda og’riq doimiy 

bo’ladi va peristaltikaning susayishi yoki butunlay yo’qolishi bilan o’tadi, og’riq 

qorinning  yuqori  va  o’rta  qismlarida  bo’ladi.  Aksincha,  ichakning  o’tkir  tutilib 

qolishida  og’riqlar  qorinning  barcha  joyida  to’lqinsimon  bo’ladi;  kasallikning 

dastlabki davrida peristaltika kuchli. Siydik va qonda me’da osti bezi fermentlari 

miqdorining yuqoriligi o’tkir pankreatit diagnozini tasdiqlaydi. 

O’tkir  appenditsit  ham,  ba’zan  o’tkir  pankreatit  kabi,  aksariyat  epigastral 

sohada og’riqdan boshlanadi. Biroq appenditsitda epigastral sohada og’riq qisqa 

fursat  bo’ladi,  3-4  soat  o’tgach  og’riq  o’ng  yonbosh  sohasiga  o’tadi,  qorin 

devorining  taranglashuvi  va  rivojlanayotgan  mahalliy  peritonitning  boshqa 

simptomlari  bilan  birga  uchraydi.  Siydik  va  qondagi  diastazani  tekshirish  bu 

ikkala  kasallik  o’rtasida  uzil-kesil  differentsial  diagnoz  o’tkazishga  imkon 

beradi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin