Patologik
anatomiyasi.
Morfologik
o’zgarishlarning turli-tuman
bo’lishiga qaramay, pankreatitning uchta formasi farq qilinadi: me’da osti
bezining o’tkir shishishi, o’tkir gemorragik pankreatit, o’tkir yiringli pankreatit.
Me’da osti bezining o’tkir shishishini ba’zan kataral pankreatit deb ataladi.
Makroskopik tekshirilganda bez hajmi kattalashgan, shishgan bo’ladi. Shish
qorin pardasi orqasidagi kletchatkaga va ko’ndalang chambar ichak tutqichiga
tarqalishi mumkin. Qorin bo’shlig’ida va charvi xaltasida, aksariyat hollarda,
seroz-gemorragik suyuqlik bo’ladi. Gistologik tekshirganda oraliq, to’qima
shishi, unchalik katta bo’lmagan qon quyilish sohalari va bez to’qimasida
o’rtacha ifodalangan degenerativ o’zgarishlar topiladi.
Dostları ilə paylaş: |