O’tkir pankreatit – me’da osti bezi to’qimalarining o’z fermentlari ta’siri
ostida autolizi oqibatida yuzaga keladigan o’tkir degenerativ-yallig’lanish
jarayonidir. Bu kasallik jarrohlik kasalliklari orasida ≈6,5% ni tashkil etib, qorin
bo’shlig’i a’zolarining boshqa kasalliklari orasida o’tkir appenditsit va o’tkir
xoletsistitdan so’ng, uchinchi o’rinni egallaydi. Kasallikni diagnostika qilish
qiyinligi, og’ir kechishi va o’lim darajasining yuqoriligi jihatidan 8-10% ni,
og’ir turlarida esa 50% ni tashkil etib, jarrohlar diqqat-e’tiborini o’ziga tortib
keladi. O’tkir pankreatit asosan 30-60 yoshlarda ko’proq kuzatiladi. Ayollar
tuman bo’lib, polietiologik kasallik hisoblanadi. Bu kasallikning etiologik
482
omillari ko’pligiga qaramay, ularning barchasi zamirida bezning bir strukturali
birligining buzilishi, fermentlarning aktivlashishi hisobiga atsinoz xujayralar
autoliziga (emirilishi) borib taqaladi.
Bezda fermentlarning aktivlashishiga olib keluvchi sabablar bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
1) atsinoz xujayralarning shikastlanishi;
2) pankreatik shira gipersekretsiyasi;
3) pankreatik shirani o’n ikki barmoqli ichakka tushishining qiyinlashishi
va uning yo’llarida o’tkir gipertenziya holatining rivojlanishi.
Atsinoz xujayralarning shikastlanishiga quyidagi sabablar olib kelishi
mumkin:
1.
Qorin bo’shlig’i a’zolari va xususan me’da osti bezi jarohatlari;
2.
Me’da osti bezida o’tkazilgan jarrohlik amaliyotlari;
3.
Me’da osti bezi to’qimasida qon aylanishining buzilishi (tromboz,
emboliya, qon tomirlar bog’lanishi va b.);
4.
Ekzogen intoksikatsiya;
5.
Allergik reaktsiya;
6.
Alimentar buzilishlar;
Me’da osti bezi gipersekretsiyasiga spirtli ichimliklarni (alkogol) me’yorsiz
ichish va me’yordan ortiq yog’li ovqatlar iste’mol qilish kiradi.
Me’da osti bezi shirasining o’z yo’li bo’yicha oqishini qiyinlashishiga
sabab bo’luvchi omillarga me’da osti bezi yo’lining chiqish qismida joylashgan
patologik jarayonlar: Oddi sfinkteriga o’t toshining tiqilib qolishi, kata duodenal
so’rg’ich strikturasi yoki stenozi, o’n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining shu
sohada shishishi kiradi.
Patogenezi. O’tkir pankreatit rivojlanishida me’da osti bezi ishlanishining
neyrogen yoki gumoral rag’batlantirilishi asosiy omil hisoblanadi (ko’p ovqat
eyish, spirtli ichimliklar ichish, sekretin bilan diagnostik rag’batlantirish).
Dostları ilə paylaş: