me’da osti bezi tashqi sekretor etishmovchiligining avj olishiga aloqador hazm
simptomlari; biliar (o’t) gipertenziyasi sindromi (mexanik sariqlik, xolangit,
ikkilamchi xoletsistit); me’da osti bezi kistalari va oqmalari kabi pankreatit
503
Odatda, qorinning yuqori yarmidagi og’riq bemorni tibbiy yordamga
murojaat qilishga majbur etgan eng muhim va ilk simptomlardan biri
hisoblanadi. Og’riq qorin bo’shlig’ining atrofni o’rab oladi (belbog’simon
og’riq), orqaga, kurak orasi sohasiga, o’ng qovurg’alar ostiga beriladi. Og’riq
doimiy yoki xurujsimon bo’ladi. Og’riq xurujlari bir necha soatdan 4-6
sutkagacha davom qiladi. Ko’pincha bunga parhezning buzilishi sabab bo’ladi.
Dispeptik buzilishlar, ko’ngil aynishi, qusish, so’lak oqishi, ich buzilib
turishi (qabziyat ich ketishi bilan almashinib turadi) doimiy bo’ladi yoki faqat
qo’zish davrida kuzatiladi.
Diareya alkogolli pankreatitli bemorlar uchun ayniqsa xos. Shuningdek
kreatoreya (hazm qilinmagan mushak tolalari) va steatoreya (hazm qilinmagan
yog’lar) ham bo’ladi. Surunkali pankreatit uchun axlat massalari hajmining
ko’payishi ayniqsa xarakterli bo’ladi.
Me’da osti bezining ichki sekretor funktsiyasi buzilishlarining klinik
belgilari surunkali pankreatitning nisbatan kechikkan simptomlaridan bo’lsada,
birmuncha ko’p uchrab turadi, ular qandli diabet, kamroq gipoglikemiya avj
olishi bilan xarakterlanadi.
Biliar
gipertenziya
sindromi,
ya’ni mexanik sariqlik surunkali
pankreatitning eng muhim asoratlaridan biri hisoblanadi. U qayta-qayta
qo’zg’aluvchi va doimiy xarakterda bo’lishi mumkin. Ko’pchilik bemorlarda
sariqlik axoliya bilan birga uchraydi, me’da osti bezi boshchasining shishishi,
indurativ pankreatit oqibatida o’t chiqaruv yo’llarining bosilishi, bez yo’llarida
va Oddi sfinkterida chandiqli va yallig’lanish o’zgarishlari, katta duodenal
so’rg’ich ampulasidagi tosh natijasi hisoblanadi.
Bemor ba’zan haddan ortiq oriqlab ketadi. Buning sabablari: pankreatik
fermentlarning etarlicha ishlanmasligi va o’n ikki barmoqli, ichakka tushmasligi,
parhezga rioya qilmaslik, og’riqning zo’rligidan ovqat eyishdan qo’rqish.
Ko’pgina bemorlarda og’riq xurujlari shira xaydovchi xossalari bo’lmagan hatto
oz miqdorda suyuq ovqat ichilgandan keyin ham paydo bo’ladi.
504
Ob’ektiv tekshirishda mustaqil og’riqlar bilan birga surunkali pankreatit
diagnostikasida qorin va orqani paypaslaganda og’riq borligini aniqlash ham
katta ahamiyatga ega. Surunkali pankreatiti bor bemorlarning taxminan 1/4
qismida kattalashgan va og’riydigan me’da osti bezini paypaslab ko’rishga
muvaffaq bo’linadi. Qorin devorida bir qancha sohalar borki, ular paypaslab
ko’rilganda og’riq bo’lishi, me’da osti bezi, ayniqsa dum qismi zararlanishiga
xos bo’ladi. Mey-Robson nuqtasi (kindikni chap qovurg’a ravog’ining o’rta
qismi bilan tutashtirib turadigan tashqi va o’rta chiziq chegarasida); Kach
nuqtasi (kindikdan 5 sm yuqorida chap to’g’ri mushak proektsiyasida); Malle-Gi
nuqtasi (chap to’g’ri mushak tashqi chekkasi bo’ylab qovurg’a ravog’ining naq
pastida) shunday nuqtalar jumlasiga kiradi.
Me’da osti bezi palpatsiyasi Grot usulida bajariladi. Bu usul 3 bosqichdan
iborat. Grot bo’yicha me’da osti bezini palpatsiyasidagi birinchi bosqisi. Bemor
chalqancha yotgan holda oyoqlari tizza sohasida bukilgan va beliga qo’lini
musht qilib qo’ygan. Shifokor qo’l barmoqlarini kindik va chap qovurg’a osti
orasiga kiritib bezni palpatsiya qiladi. Grot bo’yicha me’da osti bezini
palpatsiyasidagi ikkinchi bosqichi. Bemor tanasini bir oz oldinga tashlagan
holda turadi. Shifokor chap qo’li bilan bemorni belini XII qovurg’a sohasida
ushlab turadi, o’ng qo’li bilan esa kindik va chap qovurg’a osti orasini
palpatsiya qiladi. Grot bo’yicha me’da osti bezini palpatsiyasidagi uchinchi
bosqisi. Bemor o’ng yonboshida, oyoqlarini bir oz tizza sohasida bukib, o’ng
qo’lini bosh orqasiga qo’ygan holatda yotadi. Shifokor qo’l barmoqlarini kindik
va chap qovurg’a osti orasiga kiritib bezni palpatsiya qiladi.
Dostları ilə paylaş: