Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   363
Diagnostikasi.  Klinik  simptomlarni  hisobga  olishdan  tashqari,  me’da  osti 

bezi  kistasining  diagnozi  maxsus  tekshirish  usuli  ma’lumotlariga  asoslanadi. 

Siydik  va  qonda  me’da  osti  bezi  fermentlarining  biroz  oshishidan  tashqari, 

ba’zan  ularning  o’n  ikki  barmoqli  ichak  suyuqligida  kamayib  ketishi  qayd 

qilinadi. 

Rentgenologik tekshirishda me’da, ko’ndalang chambar ichakning odatdagi 

vaziyatidan oldinga va yuqoriga yoki pastga surilganligi aniqlanadi. Kompyuter 

tomografiyasi  va  ultratovush  bilan  skanirlash  me’da  osti  bezi  bilan  bog’liq 

bo’lgan tuzilmaning suyuqlik bilan to’lganligini aniqlashga yordam beradi. 

Me’da osti bezi kistalarini differentsial diagnostika qilishda me’da osti bezi 

o’smalari, aorta anevrizmasi, qorin pardasi orqasidagi limfatik tugunlar o’smasi, 

jigar  o’smalari  va  kistalari,  gidronefroz  va  buyrak  o’smalari,  chambar  ichak 

tutqichi kistalarini istisno qilish zarur. 

Davolash.  Me’da  osti  bezi  kistalariga  davo  qilish  uchun  quyidagi 

operatsiyalar  taklif  qilingan:  marsupializatsiya,  kistani  oddiy  drenaj  qilish, 

kistaning  ichki  drenaji,  kistani  kesish  va  bezni  qisman  kista  bilan  rezektsiya 

qilish. Me’da osti bezi kistalarini operatsiya usuli bilan davolashning har xilligi 




 

513 


kistaning  kelib  chiqish  formalari  ko’pligiga  va  ularning  rivojlanish  darajasiga 

bog’liq. 

Psevdokistalarda  drenaj  qiladigan  turli  operatsiyalar  qo’llaniladi.  Bezning 

dum  qismida  joylashgan  me’da  osti  bezi  kistalarida  me’da  orqali 

tsistogastrostomiya  qilish  buyuriladi.  Bu  kista  bilan  me’da  o’rtasida  anastomoz 

hosil  qilishdan  iborat.  Me’da  osti  bezi  boshchasida  joylashgan  unchalik  katta 

bo’lmagan  kistalarda  transduodenal  tsistoduodenostomiya  qilinadi,  bu  kista 

bilan  o’n  ikki  barmoqli  ichak  o’rtasida  anastomoz  hosil  qilishdan  iborat.  Bez 

tanasi  va  boshchasida  kelib  chiqadigan  yirik  kistalarda  kista  bilan  funktsiyasi 

to’xtatib qo’yilgan och ichak qovuzlog’i o’rtasida anastomoz hosil qilinadi (115-

rasm).  

 

 



 

115-rasm. Pankreatikoeyunostomiya turlari 

 

а  –  Cattell  bo’yicha;  б  –  Catlell  A.A.Shalimov  modifikatsiyasida;  в



 

–  Puestow-I 

bo’yicha; г -Puestow-II bo’yicha; 

 



 

514 


Peritonit  bilan  asoratlangan  yorilgan  kistalarda,  kistaning  yiringlashishi 

bilan  bog’liq  septik  holatda  uning  devorlari  parietal  qorin  pardasiga  va  teriga 

tikib  qo’yiladi.  Operatsiya  bilan  davolashdan  keyin  90-95%  hollarda  yaxshi 

natijalar olingan. 

 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin