Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə314/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   363
Klinikasi 

va 

diagnostikasi. 

Me’da 


osti 

bezi 


kistalarining 

simptomatologiyasi  kista  etiologiyasiga,  uning  o’lchamlariga,  joylashuviga  va 

qancha  vaqtdan  buyon  mavjudligiga  bog’liq.  Kista  o’lchami  kattalashmasdan 

ilgari  u  og’riq  sezgilarini  qo’zg’atmasligi  mumkin  va  bemorni  tekshirganda 

mezogastriyadagi  sharsimon  o’sma  ko’rinishida  topiladi.  Me’da  osti  bezi 

o’smalari ko’pincha to’sh osti sohasida og’riq paydo qiladi, og’riq orqaga yoki 

belning  chap  yarmiga  o’tadi  (90%  gacha  bemorlarda),  bu  ko’pincha  travmatik 

yoki yallig’lanishga aloqador psevdokistalarida uchraydi. 




 

512 


Kista me’da osti bezi boshchasida joylashganda umumiy o’t yo’li bosilishi 

va sariqlik paydo bo’lishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, bemorni tekshirishda 

to’sh  osti  sohasida  yoki  mezogastriyda  deyarli  og’rimaydigan,  konsistentsiyasi 

elastik,  paypaslab  ko’rilganda  va  nafas  olganda  kam  siljiydigan  sharsimon 

o’sma aniqlanadi. 

Kista  asta-sekin  avj  olib  kechishi  va  birmuncha  o’tkir  kechishi  mumkin. 

Keyingi xolda kista qisqa vaqt ichida kattalashib ketadi, boshqa a’zolarda og’ir 

funktsional buzilishlar keltirib chiqaradi va asoratlar bilan o’tadi. 

Me’da  osti  bezining eng  ko’p uchraydigan  asoratlaridan  kista bo’shlig’iga 

qon quyilishi, yiringlanish, yorilib peritonit rivojlanishi, tashqi va ichki oqmalar, 

qo’shni  a’zolar  bosishidan  kelib  chiqadigan  buzilishlarni  ko’rsatib  o’tish 

mumkin. 



Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin