Taloq o’smalari
Taloq o’smalari xavsiz va xavfli bo’lishi mumkin. Xavfsiz o’smalarga:
gemangiomalar, limangiomalar, endoteliomalar kiradi. Ular juda kam uchraydi
va ularda xos klinik simpomlar deyarli bo’lmaydi. O’sma rivojlangan sayin,
chap qovurg’a ostida og’riqlar paydo bo’lib, ular chap elkaga va elka ustiga
irradiatsiya beradi. Xavfli o’smalar qatoriga sarkomalarning har xil turlari
(fibrosarkoma, limfosarkoma va b.) kiradi. Xavfli o’smalarga xos xususiyatlar
quyidagilar: kasallikning erta bosqichlarida klinik ko’rinishida belgilari kam
bo’lgani holda, birmuncha jadal o’sish. O’sma kattalashgan sayin, intoksikatsiya
simptomlari, kaxeksiya, astsit paydo bo’ladi. Taloq o’smalarini diagnostika
qilishning asosiy tamoyillari – o’smaga aloqador bo’lmagan, yuqorida ko’rsatib
o’tilgan zararlanishlardagi kabidir. Davolash xirurgik yo’l orqali. Xavfsiz
o’smalarda splenektomiya sog’ayishga olib keladi, xavfli o’smalarda bu
522
operatsiyani, kasallikning ilk bosqichlaridagina qilinishi mumkin. O’smalar
o’lchamlari katta bo’lgan hollarda, splenektomiya amaliyoti palliativ operatsiya
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |