Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə323/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   363
Gipersplenizm 

Klinik  amaliyotda  “gipersplenizm”  va  “splenomegaliya”  tushunchalarini 

farqlash  talab  etiladi.  Splenomegaliya  deganda  taloq  o’lchamlarining 

kattalashganligi  tushuniladi.  Gipersplenizm  –  taloqning  qon  hujayra 

elementlarini  ortiqcha  emirishidir.  Bu  klinik  jihatdan,  aylanib  yuradigan  qon 

tarkibidagi  eritrotsitlar,  leykotsitlar  yoki  trombotsitlar  miqdorining  pasayishi 

bilan  namoyon  bo’ladi.  Splenomegaliya  ko’pincha  gipersplenizm  bilan  o’tadi, 

biroq  hamsha  ham  bunday  birga  qo’shilib  kelish  kuzatilavermaydi. 

Gipersplenizm  yaqqol  ifodalangan  splenomegaliyasiz  ham  paydo  bo’lishi 

mumkin.  Splenomegaliya  taloq  va  inson  organizmining  boshqa  a’zolari 

sistemalarining  qator  kasalliklari  simptomi  hisoblanadi  va  bunday  sharoitlarda 

hamisha ham splenektomiya, davo tadbiri sifatida tanlanaverilmaydi. 

Gipersplenizm  taloqning  qon  emiruvchi  faoliyatida  buzilishlarning  bir 

ko’rinishi  bo’lib,  kasallikning  kechishini  bemorning  jiddiy  ravishda 

og’irlashuviga  olib  keladi,  bu  ko’pchilik  hollarda  taloqni  olib  tashlashni  talab 

etadi.  Uzoq  muddat  ichida taloqning  ishchan  gipertrofiyasini keltirib  chiqargan 

splenomegaliya  bilan  bog’liq  birlamchi  gipersplenizmni,  uning  boshqa 

kasalliklarida  (yallig’lanish,  parazitar,  autoimmun  va  b)  paydo  bo’ladigan 

ikkilamchi gipersplenizmdan farq qilish kerak bo’ladi. Birlamchi gipersplenizm 

tug’ma  (gemotilik  anemiya,  talassemiya,  gemoglobinoopatiya  va  b.)  va 

ortirilgan  (trombotsitopenik  purpura,  birlamchi  neytropeniya)  bo’lishi  mumkin. 

Ikkilamchi  gipersplenizm  tif  (terlama),  sil  (tuberkulyoz),  Bek  sarkoidozi, 

bezgak,  jigar  tsirrozi,  qopqa  yoki  taloq  venasi  trombozi,  retikulez  (Goshe 

kasalligi),  amiloidoz,  limfogranulematoz  va  boshqa  ko’pgina  kasalliklarga 

bog’liq bo’lishi mumkin. 




 

523 


Diagnostikasi.  Kattalashagan  taloq  paypaslaganda,  ayniqsa  o’ng  yonbosh 

bilan  yotilganda  yaxshi  aniqlanishi  mumkin.  UT  tekshiruvida  uning 

kattalashganini, tuzilishidagi o’zgarishlarni qayd etish mumkin. Qorin bo’shlig’i 

a’zolarining obzor rengenografiyasi ham qo’shni a’zolar (me’da, yo’g’on ichak) 

ning ezilishi hisobiga, splenomegaliyaning bilvosita belgilarini berishi mumkin. 

Tekshirishdan  ko’proq  ma’lumot  olish  uchun  rentgenografiyani  me’da  va 

yo’g’on  ichak  bo’shlig’iga  oldindan  havo  yuborib  (insuflyatsiya  qilib)  keyin 

bajariladi. Radiologik tekshiruv usullari: taloqni radioaktiv texnetsiy  yoki indiy 

bilan 

skanerlashdan 



keng 

foydalaniladi. 

Usul 

preparatning 



taloq 

retikuloendotelilal  hujayralari  tomonidan  tanlab  yutilishiga  asoslangan.  Cr

51

 

preparati  bilan  nishonlangan  autogen  eritrotsitlar  bilan  skanerlash  uslubi  ham 



qo’llaniladi.  Tekshirishdan  oldin  eritrotsitlar  50

C  gacha  qizdiriladi,  shundan 



so’ng ular sferik shaklga (normada ikki tomoni botiq shaklda) kiradi. Taloq bu 

eritrotsitlarni  faol  ushlab  oladi  va  emiradi.  Bunday  hollarda  skanerlash  taloq 

o’lchamlarini aniqlashga imkon beradi. 

Gipersplenizmning funktsional belgilar qon shaklli elementlari miqdorining 

pasayishi  bilan  ifodalanadi,  bu  gemogrammani  sinchiklab  tekshirishda  topilishi 

mumkin.  Ba’zan  gemogramma  ko’rsatkichlari  suyak  ko’migining  gemopoetik 

faoliyatini kuchayishi hisobiga patologik sharoitlarda 5-10 marta oshishi, ba’zan 

esa  normaga  yaqin  bo’lishi  mumkinligini  yodda  tutish  lozim.  Shuning  uchun 

ham,  ko’pincha  suyak  ko’migi  bioptati  yoki  surtma  preparatini  tekshirishga 

kirishiladi.  Bunda  retikulotsitlar  miqdoriga,  qizil  va  oq  kurtak  elementlarining 

nisbatiga  va  boshqalarga  ahamiyat  beriladi.  Ba’zi  bir  kasalliklarda  periferik 

qonda anomal (sferotsitlar) eritrotsitlar, xujayra – nishonlarni aniqlash mumkin. 

Gemolitik  anemiyalarda  bilvosita  billirubin  miqdorining  ortishiga,  axlatda 

sterkobilin  kontsentratsiyasining  ko’payishiga  e’tibor  beriladi.  Anomal 

eritrotsitlar,  odatda  funktsional  jihatdan  o’zgarmagan  eritrotsitlarga  qaraganda 

to’la  qimmatli  emas  va  barqarorligi  kam  bo’ladi.  To’la  qimmatli  bo’lmagan 

eritrotsitlar uchun, ularda osmotik barqarorlikning pasayishi xosdir. 



 

524 



Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin