Xirurgik kasalliklar


Ortirilgan  gemolitik  anemiya  –



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə326/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   363
Ortirilgan  gemolitik  anemiya  –  autoimmun  kasallik  hisoblanib,  uning 

negizida  o’z  eritrotsitlariga  qarshi  antitanalar  (antitelo)  hosil  qilish  yotadi. 

Kasallikka har xil fizik va kimyoviy ta’sirlar, dorilar, infektsiyalar turtki bo’ladi. 

Ortirilgan  gemolitik  anemiyali  bemorning  eritrotsitlari,  o’z  tarkibida  anomal 

proteinlar,  bunda  bemorlarining  qon  zardobi  esa  immunoglobulinlar  IgG 

(gammaglobulin) saqlaydi. Bular o’z eritrotsitlari va normal donor eritrotsitlarini 

aglyutsinatsiya  qilish  qobiliyatiga  ega  bo’ladi.  Klinik  jihatidan  kasallik  deyarli 

tug’ma  gemolitik  anemiya  kabi  kechadi.  Biroq  ortirilgan  anemiya  uchun, 

kasallikning aksari 50 yoshdan oshgan ayollarda boshlanishi, gemolitik krizlarga 

moyillik,  bir  muncha  og’ir  (tug’ma  turidan  farqli)  kechishi  xos  bo’ladi. 

Splenomegaliya  bemorlarning  yarmida  qayd  qilingan,  bunda  ko’pincha 

gepatomegaliya  ham  topiladi.  Limfatik  tugunlarning  kattalashuvi  birmuncha 

kamroq  kuzatiladi.  Qon  tahlillarida  o’rtacha  anemiya  aniqlanadi.  Bilvosita 

billirubin  miqdorining  ortishi,  eritrotsitlarning  osmotik  rezistentligi  kam 

o’zgaradi.  Kumbs  bevosita  va  bilvosita  reaktsiyasi  ko’pchilik  bemorlarda 

musbat bo’ladi.  

Davolash  sensibilizatsiya  qiladigan  omillarni  bartaraf  etishdan  (ularni 

aniqlash  va  tugatishga  hamma  vaqt  ham  muvaffaq  bo’linmaydi),  antitanalar 

ishlanishini 

to’xtatish 

(kortikosteroidlar), 

yuvilgan 

donor 

eritrotsitlari 



transfuziyasidan  iborat.  Antitanalardan  aglyutsinatsiyalangan  eritrotsitlar  faqat 


 

527 


taloqdan  emas,  balki  butun  retikuloendotelial  sistema  tomonidan  yutilishi  va 

emirilishi munosabati bilan splenektomiya hamma vaqt ham, kutilgan natijalarni 

beravermaydi.  

Splenektomiyaga  ko’rsatma  bo’lib  kortikosteroid  preparatlar  qo’llanib 

bo’lmasligi  va  steroid  muolajaning  naf  bermasligi,  tez-tez  gemolitik  krizlar 

bo’lib  turishi,  yaqqol  gipersplenizm  hodisalari  xizmat  qiladi.  Agar  ko’pchilik 

eritrotsitlar jigardan emas taloq tomonidan emirilsa, buni shu a’zolarni Cr

51

 bilan 



nishonlangan  eritrotsitlar  qo’llanib  aniqlash  mumkin  bo’lsa,  splenektomiya 

yaxshi  natija  berishi,  remissiya  davrlarining  uzayishi  mumkin.  Biroq 

splenektomiyadan  keyin  ham  kasallik  qaytalanishi,  hatto  gemolitik  krizlar 

rivojlanishi  mumkin,  buni  endi  retikuloendotelial  sistemasining  boshqa 

a’zolarida  saqlanib  qolgan  faoliyati  bilan  bog’lanadi.  Shuning  uchun  ham 

operatsiyadan keyin steroid muolajani davom ettirishga to’g’ri keladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin