Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   363
Taloq  abstsessi.  A’zoda  abstsess  rivojlanishining  ko’proq  uchraydigan 

sabablari:  septikopiemiya,  taloq  infarkti  yoki  ilgari  mavjud  bo’lgan 

gematomaning  yiringlanishi,  infektsiyaning  qo’shni  a’zolaridan  kontakt  yo’li 

bilan o’tishi. Taloq abstsesslari yolg’iz yoki ko’p sonli bo’lishi mumkin. Klinik 

jihatdan  abstsess  chap  qovurg’alar  ostida  to’mtoq  og’riqlar  bilan  boshlanib, 

bemor  harakat  qilganda  kuchayadi,  yuqori  leykotsitoz  bo’ladi.  Yirik 

abstsesslarda  kattalashgan  taloqni  paypaslab  ko’rish  mumkin.  U  agarda 

taloqning  pastki  qutbida  joylashgan  bo’lsa,  flyuktuatsiya  simptomi  bo’ladi. 

Abstsess  uning  yuqori  qutbida  joylashsa,  aksariyat  hollarda,  ko’krak  qafasida 

reaktiv  ekssudat  topiladi,  keyinchalik  esa  unga  infektsiya  tushishi  va  plevra 

empiemasi  rivojlanishiga  turtki  bo’lishi  mumkin.  Taloq  abstsessining  asorati  – 

yiringlikning  erkin  qorin  bo’shlig’iga  (tarqalgan  yiringli  peritonit  hosil  qilib) 

yoki  kovak  a’zo  bo’shlig’iga  (me’da,  yo’g’on  ichak),  ba’zan  esa  buyrak 

jomchasiga  yorilishi  mumkin.  Klinik  jihatdan  bunday  asoratlar  qayt  qilish 

mahsulotlari,  najas  yoki  siydikda  yiring  borligi  bilan  yuzaga  chiqishi  mumkin. 

Tekshirishning  usullari  orasida  ko’proq  ma’lumot  beradiganlari:  ultratovush 

yordamida skanerlash, komyuter tomografiya, taloqni radioizotop skanerlash. 

Davolash: xirurgik yo’l orqali (splenektomiya). 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin