Taloq jarohatlari
Ochiq va yopiq jarohatlar tafovut qilinadi. Ochiq jarohatlar transabdominal
va transtorakal, jarohatlovchi vositaning turi bo’yicha – o’q tekkan, sanchilgan-
kesilgan va boshqacha tabiatga ega bo’lishi mumkin. Bunda ko’pchilik
bemorlarda qorin yoki ko’krak bo’shlig’i ko’shni a’zolaridan: me’da, yo’g’on
ichak, me’da osti bezi, buyraklar, diafragma, chap o’pkaning jarohatilari qayd
qilinishi mumkin. Taloq ochiq jarohatining klinik ko’rinishi yoki manzarasi
taloq va ko’shni a’zolar jarohatining xarakteriga bog’liq. Bunday hollarda ichga
qon ketishi va shok belgilari birinchi o’ringa chiqadi (teri qoplamining oqarishi,
rangparligi, taxikardiya, AQB ning pasayishi, gemoglobin va gematokrit
516
miqdorining kamayishi va b.). Qorin bo’shlig’iga qon quyilib borgan sayin,
qorin pardasining ta’sirlanish simptomlari, transtorakal yaralanishlarda esa,
gemotoraks simptomlari qo’shiladi. Diafragma osti bo’shlig’ida qon yig’ilganda
aksariyat “yotolmaslik” belgisi kuzatiladi, bunda bemor diafragmal qorin
pardasi nerv retseptorlarining qattiq ta’sirlanishi oqibatida, majburiy yarim
o’tirgan holatini egallaydi. Qorin bo’shlig’iga talaygina qon ketganda, uni
perkutor aniqlash mumkin. Oldingi qorin devori mushaklarining taranglashishi,
Shyotkin-Blyumberg simptomini musbat bo’lishi, qorinning shu sohasidagi
og’riqni palpatsiya (paypaslash) orqali aniqlasa bo’ladi. Taloq jarohatlarining,
ko’krak va qorin bo’shlig’ining boshqa a’zolari jarohatlari bilan ko’pincha
qo’shilib kelishi, kasallikning klinik manzarasini o’zgarishiga, qo’shimcha
simptomlarning yuzaga kelishiga olib keladi: ichga qon ketishi, kovak
a’zolarning teshilishi yoki yorilishi, tarqalgan peritonit rivojlanishi, qorindagi
parda orti gematoma, shok, gemopnevmotoraks va o’pka etishmovchiligi
ustunlik qilishi mumkin.
Taloqning yakka o’zi jarohatlanib kuchli qon oqish holati bo’lganda, uni
diagnostika qilishda anchagina qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Bunday
hollarda shoshilinch laparoskopiya tekshiruv usulini qo’llash, uni texnik
sabablarga ko’ra bajarish imkoni bo’lmaganda esa, qorin bo’shlig’iga “izlovchi”
kateter kirtilib laparotsentez qilish g’oyat muhim axborot beriadi. Kateter
bo’ylab qon chiqsa, taloq jarohati xaqida o’ylash mumkin.
Davolash: bemorga zudlik bilan operatsiya qilib, gemostaz va qorin
bo’shlig’iga infektsiya tushishining oldini olishdir. Ko’pincha splenektomiya
bajariladi. Taloqning ko’p sonli muhim faoliyati to’g’risidagi zamonaviy
tasavvurlar splenektomiya o’tkazishga ko’rsatmalarni birmuncha kamaytiradi.
Unchalik katta bo’lmagan jarohatlarda, ayniqsa u qutblaridan biri sohasida
bo’lganda, yuzaki shikastlanishlarda chokning sitilib ketmasligi uchun katta
charvidan yoki sintetik materialdan foydalanib taloqqa chok qo’yish yoki
qutblardan birini rezektsiya qilib, taloq ateriyasini bog’lash mumkin.
Mamlakatimizning yaxshi jihozlangan ayrim klinikalarida bunday operatsiyalar
517
laparoskopik usulda, endoxirurgik asbob-uskunalardan foydalangan holda
o’tkaziladi.
Taloqning yopiq jarohatlari qorinning to’mtoq jarohatida, aksari hollarda
balandlikdan yiqilganda paydo bo’ladi. Ba’zan taloqning o’z-o’zidan (spontan)
yirtilish hollari ham kuzatilgan. O’z-o’zidan yirtilishlar aksariyat taloqning
kattalashishi va strukturasining o’zgarishi bilan o’tadigan turli xil kasalliklarda
(bezgak, infektsion mononukleoz) ko’proq kuzatiladi. Taloqda, qorinning yuqori
qismi a’zolarida bajarilayotgan operatsiyalar (qorin a’zolari taftishi,
gastrektomiya, me’da yoki me’da osti bezi rezektsiyasi va b.) vaqtida tasodifan,
yatrogen jarohatlarning ro’y berishi, alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Qorinning to’mtoq jarohatida taloqning bir yoki ikki bosqichli yorilishlari
farqlanadi. Bir bosqichli yorilishda, avvaliga taloq kapsulasida nuqson paydo
bo’ladi, bunda ko’p yoki kam miqdorda ichki qon ketish simptomlari birinchi
o’ringa chiqadi. Ikki bosqichli yorilishda, avvaliga kapsula butunligi buzilmagan
holda kapsula osti gematomasi hosil bo’ladi va ma’lum fursat o’tgach (bir necha
kundan bir necha haftagacha), arzimagan jismoniy xarakat ta’siri ostida ham
taloq kapsulasi yirtilib, gematoma qorin bo’shlig’iga bo’shaladi va ichki qon
ketish boshlanadi. Taloq yopiq jarohatida taloqning bunday yorilishi deyarli
15% jarohatlarda kuzatiladi. Bu holda diagnozni aniqlash ma’lum qiyinchiliklar
tug’diradi. Qorin yopiq jarohati sababini surishtirib qunt bilan yig’ilgan
anamnezning ahamiyati muhimdir.
Taloq jarohatlanganda qorinning tumtoq jarohatida klinik manzara uning
ochiq jarohatidagi kabi, qorin bo’shlig’idagi boshqa a’zolarning qo’shma
jarohatlariga bog’liq. Taloq yirtilishi va ichki qon ketishining o’ziga xos
rentgenologik belgilari kuyidagilar: me’da gaz pufagining medial surilishi,
diafragma chap gumbazining baland turishi, gaz bilan to’lgan ichak qovuzloqlari
orasida erkin suyuqlik borligi. Taxminan 25-27% bemorlarda pastki
qovurg’alarning chap tomonlama sinishlari kuzatiladi. Laparoskopiya va
“izlovchi” kateterdan foydalanib laparotsentez qilish, diagnostika jihatidan
tekshirishning eng qimmatli usullari hisoblanadi. Taloqning yopiq shikastlarini
518
davolash faqat xirurgik yo’l bilan amalga oshiriladi. Operatsiyaning turi uning
ochiq jarohatlaridagi singaridir. Taloqning ikki bosqichli yorilishlarida
splenektomiya, tanlov operatsiyasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |