Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   363
TALOQ  KASALLIKLARI 

 

Anatomik-fiziologik xususiyatlari 

Taloq  –  qorin  bo’shlig’ining  toq  a’zolaridan  hisoblanib,  diafragmaning 

chap  tomonida  qovurg’a  osti  sohasida  joylashgan.  Sog’lom  odamda,  uning 

og’irligi  o’rta  hisobda  150-250  grammga  yaqin  bo’ladi.  Taloq  yaxshi 

rivojlangan boylam apparati: taloq-diaragmal, taloq-buyrak, taloq-yo’g’on ichak 

va me’da-taloq boylamlari bilan mahkam o’rnashgan. 

Taloq  arterial  qon  ta’minotini  truncus  coeliacus  (qorin  o’zagi)  tutamidan 

chiqadigan taloq arteriyasi amalga oshiradi. Vena qon oqimi shu nomdagi vena 

bo’ylab  qopqa  vena  (v.  portae)  sistemasiga  kelib  tushadi.  Vegetativ 

innervatsiyani  qorin  chigalidan  oladi.  Qon  tomirlar  taloq  to’qimasiga  uning 

darvozasi  sohasida  kirib,  biriktiruvchi  to’qimadan  hosil  bo’lgan  trabekulalar 

yo’li  bo’ylab  boradi.  Trabekulyar  arteriyalar  taloqning  ham  qizil,  ham  oq 

limfatik  follikulalaridan,  shuningdek  markaziy  arteriyalarni  o’rab  turadigan 

malpigiy  tanachalaridan  hosil  bo’lgan.  Oq  pulpaning  ko’pchilik  xujayra 

elementlari limfotsitlar, plazmatik xujayralar va makrofaglardan tashkil topgan. 

Qizil pulpa uning kataksimon strukturasini hosil qiladigan retikulyar xujayralar 

trabekulalardan  iborat.  Trabekulalar  orasida  taloqning  arterial  va  venoz 

sistemasini bog’lab turadigan egri-bugri tomir sinuslari joylashgan. 

Taloqning  faoliyati  turlicha  bo’lib,  eski  eritrotsitlar  va  trombotsitlarning 

emirilishida  va  fagotsitozida  qatnashadi.  Embrional  rivojlanish  va  bolalik 

yoshida  eritropoez  faoliyatida  ishtirok  etadi.  Taloq  limfotsitlar,  monotsitlar, 

plazmatik  xujayralar  ishlab  chiqaradi,  uning  bu  qobiliyati  odamda  balog’at 




 

515 


yoshidan  o’tganda  ham  ham  saqlanib  qoladi.  Bundan  tashqari,  taloq 

immunoglobulinlarning  ayrim  fraktsiyalari  ishlanishida  faol  ishtirok  etadi. 

Taloqning  retikuloendotelial  xujayralari  gemotsirkulyatsiyadagi  qondan  vital 

bo’yoqlar,  kolloid  metallar,  infektsion  kasalliklar  quzg’atuvchilarini  (ayniqsa 

pnevmokokklar)  ushlab  qoladi.

 

Taloq  shuningdek  organizmda  temir 



almashinuvida  va  suyak  ko’migi  faoliyatining  gumoral  boshqarilishida 

qatnashadi.  Biroq  bu  gormonal  idora  qilishining  nozik  mexanizmlari  hozircha 

ochilmagan. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin