Taloq kistalari
Taloq kistalari noparazitar va parazitar bo’lishi mumkin. Noparazitar
kistalar haqiqiy (ichki tomoni endoteliy bilan qoplangan) yoki soxta (endotelial
to’qimasiz)
bo’lishi
mumkin.
Haqiqiy
kistalar
tug’ma
bo’ladi
va
embriogenezning buzilishi natijasida paydo bo’ladi. Soxta kistalar – orttirilgan
bo’lib, aksariyat jarohatlar, infektsion kasalliklardan so’ng va boshdan
kechirilgan taloq infarkti oqibatida paydo bo’ladi. Kistalar yolg’iz yoki ko’p
sonli bo’lishi mumkin. Ularning hajmi millimetrning bir necha ulushlaridan to 5
l va bundan ko’proq sig’imga ega bo’lishi mumkin. Kista ichidagi suyuqlik,
odatda seroz yoki gemorragik tabiatga ega bo’ladi. Noparazitar kistalarning
klinik belgilari turli-tuman bo’lib, bemorlar chap qovurg’alari ostida chap elkaga
520
yoki elka ustiga beriladigan doimiy simillagan og’riqlarni qayd qiladilar.
Kistalar katta o’lchamda bo’lganida og’riqlar kuchayishi mumkin, qorin
bo’shlig’i qo’shni a’zolarining (me’da, yo’g’on ichak) ezilishi yoki to’silish
simptomlari paydo bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Bemorni tekshirishda chap
qovurg’alar ostida bo’rtmani, qorin assimetriyasini, paypaslaganda esa
kattalashagan, og’riqsiz taloqni aniqlash mumkin. Kista taloqning quyi qutbida
joylashganida, flyuktuatsiya simptomi aniqlanadi.
Taloq kistalari diagnostikasida taloq abstsessida qo’llaniladigan barcha
usullardan, shuningdek ultratovush yordamida tekshiruv, KT, taloq tomirlarini
rentgen-kontrast tekshiruvi – tseliakografiyasidan foydalaniladi (117-rasm).
117-rasm. Taloqning yolg’iz noparazitar kistasi (UT tekshiruvi).
Angiografiyada taloq sohasida, intraorgan qon tomirlarini qisib qo’ygan
tomirsiz
soha
aniqlanishi
mumkin.
Davolash: xirurgik
yo’l
orqali
(splenektomiya) amalga oshiriladi.
Taloqning parazitar kistalaridan ko’proq uchraydigani exinokokk kistasi
bo’lib, birmuncha kamroq tsistotserk va nihoyatda kam hollarda alveokokk
521
kuzatiladi. Parazitning taloqqa kirish yo’llari: asosan gematogen, kamroq –
limfogen. Kasallikning rivojlanish jarayoni (davomiyligi) bir necha yildan 15
yilgacha va undan ko’proqqa borishi mumkin. Parazit rivojlangan sayin qorin
bo’shlig’i qo’shni a’zolarini ezib qo’yishi va taloq to’qimasining atrofiyasi
kuzatiladi. Taloq parazitar kistalarining klinik belgilari noparazitar kistalaridagi
belgilardan deyarli farqlanmaydi. Taloq abstsessining klinik belgilari
rivojlanganda boshlanadigan yiringlanish, taloq exinokokkozining asorati
bo’lishi mumkin. Taloqning parazitar kistalari diagnostikasida, yuqorida
ko’rsatib o’tilgan usullardan tashqari, Katsoni reaktsiyasi va lateks-
aglyutinatsiya testi qo’llaniladi.
Davolash: xirurgik yo’l orqali (splenektomiya).
Keyingi yillarda yurtimizning bir qator xirurgik klinikalarida amaliy
jarrohlikka yangi texnologiyalarning joriy etilishi tufayli, taloqda yuzaki
joylashgan exinokokklarda laparoskopik usullar orqali kistalarni olib tashlash
amaliyotlari qo’llanilmoqda. Albatta, bu usul uchun ko’rsatmalar izchillik bilan,
tekshiruvlar natijalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |