Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   363
Toshsiz xoletsistit 

O’tkir  toshsiz  xoletsistit.  Uning  etiologiyasida  bakterial  infektsiya  omili, 

me’da  osti  bezi  shirasini  o’t  yo’llariga  va  o’t  pufagiga  reflyuksida  pankreatik 

shirani jigarga shikastlovchi ta’siri muayyan axamiyatga ega. 

Diagnostikada  va  davolash  usulini  tanlashda  bemorni  ob’ektiv  tekshirish 

ma’lumotlari,  o’tkazilayotgan  davo  zaminida  kasallik  klinik  manzarasining 

dinamikasi hal qiluvchi axamiyatga ega. 

Surunkali  toshsiz  xoletsistit.  Toshsiz  surunkali  xoletsistit  klinikasi 

surunkali  kalkulyoz  xoletsistit  klinikasiga  o’xshash.  Biroq  o’ng  qovurg’alar 

ostidagi  og’riq  unchalik  kuchli  bo’lmaydi,  uzoq  davom  qilishi,  deyarli  doimiy 

xarakteri  bilan  ajralib  turadi,  parhez  buzilgandan  keyin  kuchayadi. 

Diagnostikada  xoletsistoxolangiografiya,  o’t  yo’llarini  ultratovush  bilan 

tekshirish eng ko’p ma’lumot beradi. 

O’t  yo’llarining  yallig’lanish  kasalliklarida  konservativ  davolash.  O’tkir 

xoletsistitli  hamma  bemorlar  statsionarda  xirurgning  doimiy  nazorati  ostida 

bo’lishlari  kerak.  Tarqalgan  peritonit  simptomlari  bo’lganda  shoshilinch 

operatsiya  qilish  talab  etiladi.  Boshqa  hollarda  bemorlar  dori-darmonlar  bilan 

davolanadi.  Bemorlarga  ovqatni  cheklangan  miqdorda  berilib,  faqat  ishqoriy 

suyuqliklar ichishga ruxsat etiladi.  

Bu bemorlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: 



 

472 


1.  Me’dani  nazogastral  zond  bilan  bo’shatish  kerak,  chunki  me’da  parezi 

o’t pufagida va o’t yo’llarida dimlanishni yanada qiyinlashtiradi. 

2. Paranefral novokain blokadasi. 

3.  Spazmolitiklar.  Kuniga  ikki  marta  til  ostiga  1-2  tabletka  nitroglitserin 

tayinlash  shart,  chunki  u  Oddi  sfinkteriga  tanlab  spazmolitik  ta’sir  ko’rsatadi. 

Atropin,  no-shpa,  galidor  o’t  pufagi  bo’ynidagi  sfinkter  apparatiga  xuddi 

shunday bo’shashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi. 

4. Infuzion terapiya 5% li glyukoza eritmasi va Ringer eritmasi yuborishni 

o’z ichiga oladi. 

5.  Mikrob  florasi  aktivligini  pasaytirish  uchun  gepatotoksik  bo’lgan 

tetratsiklin  qatoridagi  preparatlardan  tashqari,  ta’sir  spektri  keng  antibiotiklar 

tayinlanadi. 

6.  Simptomatik  va  kardial  terapiya.  O’tkir  xoletsistopankreatitda  dori-

darmonlar  bilan  davolash  kompleksi  o’tkir  pankreatitni  davolash  uchun 

qo’llaniladigan preparatlarni ham o’z ichiga olishi kerak. 

Ko’pchilik  bemorlarda  o’tkir  xoletsistit  xuruji  to’xtashi  mumkin.  Xuruj 

to’xtagandan keyin bemorni o’t pufagida toshlar bor-yo’qligiga tekshirish zarur. 

Agar  o’tkir  xoletsistitni  12-24  soat  davolash  zaminida  bemorning  ahvoli 

yaxshilanmasa,  qorinda  og’riq  saqlanib  qolsa  yoki  kuchaysa,  qorin  oldingi 

devori mushaklarining tarangligi kuchayadi, puls tezlashadi, leykotsitoz oshadi, 

shoshilinch xirurgik operatsiya o’tkazish talab etiladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin