Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   363
 

O’tkir xoletsistit 

O’t  pufagining  o’tkir  yallig’lanishi  kalkulyoz  xoletsistitning  eng  ko’p 

uchraydigan  asoratlaridan  biridir.  O’t  pufagi  devorida  o’tkir  yallig’lanish 

jarayoni  paydo  bo’lishining  asosiy  sabablari:  pufak  bo’shlig’ida  mikroflora 

bo’lishi  va  o’t  suyuqligi  oqib  ketishining  buzilishi  hisoblanadi.  O’tkir 

xoletsistitning  klinik  turlari:  kataral,  flegmonoz  va  gangrenoz  (o’t  pufagi 

teshilgan va teshilmagan). 

Tana  harorati  subfebril  raqamlargacha  ko’tariladi.  Minutiga  100 

martagacha  taxikardiya,  qorin  nafas  olish  aktida  qatnashadi,  qorin  devori  o’ng 

yarmining  nafas  olish  aktida  bir  oz  orqada  qolishi  qayd  qilinadi,  qorinni 

paypaslab  ko’rilganda  o’ng  qovurg’alar  ostida,  ayniqsa  o’t  pufagi  proektsiyasi 

sohasida  keskin  og’riq  paydo  bo’ladi,  qorin  devori  mushaklari  taranglashgan 

yoki  bu  unchalik  yuzaga  chiqmagan,  Ortner-Grekov,  Myussi-Georgievskiy 

simptomlari  musbat.  Ba’zan  kattalashgan,  o’rta  darajada  og’rib  turadigan  o’t 

pufagini  paypaslab  ko’rsa  bo’ladi.  Tahlillarda  leykotsitoz  o’rtacha:  10000-

12000. 



 

467 


Flegmonoz  xoletsistitning  klinik  simptomatikasi  birmuncha  ifodalangan 

bo’ladi. Og’riq kasallikning kataral formasiga qaraganda kuchliroq. Og’riq nafas 

olishda,  yo’talishda,  gavda  vaziyatini  o’zgartirishda  kuchayadi.  Ko’pincha 

ko’ngil  ayniydi,  bemor  ko’p  marta  qayt  qiladi,  umumiy  ahvoli  yomonlashadi, 

tana  harorati  subfebrilgacha  etadi,  taxikardiya  minutiga  100-120  gacha  oshadi. 

Ichaklar  parezi  hisobiga  qorin  birmuncha  kepchigan,  ichak  shovqinlari 

sustlashgan.  Paypaslab  ko’rilganda  qorinning  o’ng  qovurg’alar  ostida  keskin 

og’riq  paydo  bo’ladi,  infiltrat  yoki  kattalashgan  va  og’riydigan  o’t  pufagini 

aniqlash  mumkin.  O’ng  yuqori  kvadratida  Shyotkin-Blyumberg  simptomi 

musbat.  Ortner-Grekov,  Myussi-Georgievskiy  simptomlari  musbat.  Tahlillarda 

leykotsitoz 20000-22000 gacha, leykotsitar formulasi chapga surilgan. 

Morfologik  tekshirganda  pufak  o’lchami  kattalashgan,  uning  devori 

qalinlashgan, to’q, qizil-ko’kimtir rangda, uni qoplab turgan qorin pardasi fibrin 

bilan qoplangan, bo’shlig’ida yiringli eksudat bo’ladi. 

Gangrenoz  xoletsistit  klinik  jihatdan  jadal  kechadi,  odatda  flegmonoz 

bosqichdagi yallig’lanishning davomi hisoblanadi, bunda organizmning himoya 

kuchlari  virulent  mikrob  florasi  bilan  kurasha  olmaydi.  Intoksikatsiya 

simptomlari  bilan  mahalliy  yoki  tarqalgan  yiringli  peritonit  birinchi  o’rinni 

egallaydi.  Yalig’lanishning  gangrenali  formasi  to’qimalarning  regenerativ 

xususiyatlari  pasayib  ketgan,  organizmning  reaktivligi  pasaygan  yoshi  katta  va 

keksa  yoshdagi  odamlarda  ko’proq  kuzatiladi.  Pufak  yorilganda  tarqalgan 

peritonit  simptomlari  tez  rivojlanadi.  Bemorlarning  ahvoli  og’ir  bo’ladi,  ular 

bo’shashgan,  kam  harakat,  tili  quruq,  qorni  ichak  parezi  hisobiga  kepchigan, 

uning  o’ng  bo’limlari  nafas  aktida  qatnashmaydi,  ichak  peristaltikasi  keskin 

pasayib  ketgan,  qorin  old  devori  ushlab  ko’rilganda  taranglashadi,  qorin 

pardasining  qo’zg’alish  simptomlari  bor.  Laboratoriya  taxlillarida:  yuqori 

leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga keskin siljigani, EChT oshishi, qon 

elektrolit tarkibi va kislota-ishkor xolatining buzilishi, proteinuriya, tsilindruriya 

aniqlanadi. 



 

468 


Agar  o’tdagi  mikrob  florasining  virulentligi  kam  bo’lsa  va  o’t  pufagi 

bo’yni yoki pufak yo’li okklyuziyasi saqlanib qolgan bo’lsa, o’t pufagi istisqosi 

o’tkir xoletsistit xuruji tugagandan keyin rivojlanadi. 

O’t pufagida o’t tarkibiy qismlarining so’rilishi sodir bo’ladi, bakteriyalar 

xalok bo’ladi, o’t pufagi ichidagi suyuqlik rangsiz, shilimshik bo’lib qoladi. 

Bemorlarni  fizikal  tekshirganda  o’t  pufagining  kattalashgan,  cho’zilib 

ketgan, og’rimaydigan tubini paypaslab ko’rish mumkin. O’t pufagi empiemasi 

rivojlanishi mumkin. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin