Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   363
O’t-tosh kasalligi 

O’t-tosh  kasalligi  ko’pincha  40  yoshdan  oshgan  odamlarda  uchraydigan 

tarqalgan  kasallik. 70  yoshdan  oshgan  kishilarda  kasallanish  30-40%  ni  tashkil 

qiladi. Aksariyat ayollar kasallanadilar. 

O’t-tosh  kasalligining  morfologik  substrati  pufak  va  o’t  chikaruvchi 

yo’llardagi  toshlar  hisoblanadi.  O’t  toshlari  o’tning  odatiy  tarkibiy  qismlari  – 

bilirubin,  xolesterin,  kaltsiydan  tashkil  topgan.  O’t  toshlari  asosan  o’t  pufagida 

xosil  bo’ladi,  toshlar  o’t  yo’llarida  kamdan-kam  paydo  bo’ladi.  O’t  toshlari 

paydo bo’lishining asosiy sababi 3 ta: moddalar almashinuvi buzilishi, o’t pufagi 

epiteliysidagi  yallig’lanish  o’zgarishlari  va  o’t  dimlanishidir.  O’t-tosh  kasalligi 

simptomlarsiz o’tishi mumkin va o’t pufagida toshlarni bemorni boshqa kasallik 

sababli  tekshirayotganda,  qorin  bo’shlig’i  organlarini  operatsiya  qilayotganda 

yoki yorib ko’rish vaqtida tasodifan aniqlanadi. Klinik jihatdan o’t-tosh kasalligi 

ko’pincha  jigar  (o’t  pufagi)  sanchig’i  ko’rinishida  namoyon  bo’ladi.  Og’riq 

aksariyat  parhez  buzilganda,  jismoniy  zo’riqishda  paydo  bo’ladi.  Og’riq  xuruji 

paydo  bo’lishiga  o’t  po’fagi  bo’ynida  pufak  yo’lida  tosh  qisilib  qolishi  sabab 

bo’ladi.  Og’riq  o’ng  qovurg’alar  ostida  va  epigastral  sohada  joylashgan  bo’lsa, 

bel  sohasiga,  o’ng  kurakka  beriladi.  Ko’pincha  jigar  sanchig’i  xuruji  ko’ngil 

aynishi  va  safro  aralash  bir  necha  marta  qayt  qilish  bilan  o’tadi,  biroq  bunda 

bemor engil tortmaydi. 




 

469 


Ko’zdan  kechirishda  qorinning  bir  oz  kepchishi  e’tiborni  o’ziga  tortadi, 

qorin  devorining  o’ng  yarmi  nafas  aktidan  orqada  qoladi,  qorin  paypaslab 

ko’rilganda  o’ng  qovurg’alar  ostida,  ayniqsa  o’t  pufagi  proektsiyasida  keskin 

og’riq paydo bo’ladi. Mushaklarning o’z-o’zidan tarang tortishi bo’lmaydi yoki 

kam  ifodalangan,  Ortner-Grekov,  Myusse-Georgievskiy  simptomlari  musbat. 

Laborator analizida leykotsitlar miqdori normal yoki birmuncha oshgan. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin