Ichakning obturatsion tutilib qolishidagi taktika. Ichak obturatsiyasi
turli-tuman sabablardan kelib chiqishi mumkin. Ulardan asosiylari: ichak
buralishi yoki bitishmalar va chandiqli tortmalardan bosilishi, yo’g’on va
ingichka ichakning xavfli va (kamroq) xavfsiz o’smalari, bo’shlig’ini axlat va
o’t toshlaridan obturatsiyasi, ichakning gijjalardan bekilib tutilib qolishi,
ichakning chandiqli strikturasi hisoblanadi.
436
Gijja invaziyasidan tutilib qolish ko’pincha askaridalardan bo’ladi, bunda
to’siq bo’lgan joy odatda yonbosh ichakda joylashadi. Laparotomiya vaqtida
xirurg gijjalar to’plamini tugatishi va ularni qism va qism ichakning quyi
kesigiga va ko’richakka surib qo’yishi kerak. Askaridalar eng ko’p to’plangan
joyda ichak devorining yupkalashib qolganligi yoki unda organik o’zgarishlar
bo’lishi ichakni qisman rezektsiya qilib, anastomoz qo’yishga ko’rsatma
hisoblanadi. Odatdagi enterotomiya qilish va teshik orqali askaridalarning
minimal miqdorini chiqarish ham mumkin.
Tutilib qolish ingichka ichakning terminal bo’limida joylashgan gijja
invaziyasidan farqli ravishda o’t toshi tiqilib qolishi och ichakda va hatto uning
boshlang’ich bo’limida eng ko’p uchraydi. To’siq yuqorida joylashganda
kasallik tez va og’ir kechadi. Tutilib qolishning bu turida enterotomiya qilinadi
va o’t toshi olib tashlanadi, bunda tikishni osonlashtirish va shaklini kamroq
buzish uchun ichakni ko’ndalangiga kesgan ma’qulroq.
O’sma yo’g’on ichak obturatsiyasiga eng ko’p sabab bo’ladi. 75% hollarda
tutilib qolish o’sma chambar ichakning chap yarmida joylashganda va ularning
50% rektosigmoid burchakda rivojlanadi. Bu pastga tushadigan chambar ichak
diametrining birmuncha kichikligi va unda shakllanib bo’lgan, zich axlat
massalari borligi bilan izoxlanib, bu tutilib qolish vujudga kelishiga yordam
beradi. Operatsiya xarakteri to’g’risidagi masalani echishga bemor ahvoliga
kompleks baho berish, o’sma bor joydagi va ichakning olib keladigan kesigidagi
lokal o’zgarishlar yordam beradi. Xirurg malakasini, anesteziologik ta’minot va
shunga o’xshashlarni ham e’tibordan chiqazib bo’lmaydi.
Radikal operatsiyani ko’tara olmaydagan og’ir bemorlarda ichaklarda turib
qolgan suyuqlikni chiqarish va intoksikatsiyani yo’qotish uchun avvalgi
o’smadan yuqorida axlat oqmasi (axlat yo’li) qo’yish kerak. Metastazlar
bo’lganda yoki o’sma qo’shni organlarga o’sib kirganda operatsiyaning bu
bosqichi yagona hisoblanadi.
Bemorning ahvoli engilroq bo’lganda o’smasi bo’lgan ichak birlamchi
rezektsiya qilinishi, keyin axlat oqmasi chiqarilishi mumkin.
437
Operatsiyadan keyingi davrda intensiv davolashning tobora ortib
borayotgan imkoniyatlari obturatsion tutilib qolishda birlamchi rezektsiyani
bajarishga ko’rsatmalarni birmuncha kengaytirishga imkon berdi. Biroq
yuqorida aytib o’tilganidek asosiy operatsiyani ko’richakka engillashtiruvchi
oqma qo’yish bilan to’ldirish, shuningdek qo’yilgan. anastomozdan yuqorida
orqa chiqaruv yo’li orqali ichak zondi kiritish yo’li bilan olib keladigan
bo’limning to’liq dekompressiyasini ta’minlash zarur. Ko’pgina mualliflar
anastomoz parietal qorin pardasi bilan bekitilganda uning yaxshi bitishini qayd
qiladilar.
Stenozga olib keladian o’sma ko’richak yoki yuqoriga ko’tariladigan
chambar ichakda joylashgan bo’lsa, aksariyat birlamchi rezektsiyadan
foydalanishga to’g’ri keladi. Biroq chambar ichak o’ng yarmi o’smalari uchun
xarakterli metastazlanish munosabati bilan ko’pincha yonbosh va yuqoriga
ko’tariladigan yoki ko’ndalang chambar ichaklar orasiga aylanma anastomozlar
qo’yiladi.
Invaginatsiya – obturatsiya bilan strangulyatsiya orasida oraliq holatini
egallaydigan ichak tutilishining turidir. Katta yoshdagi odamlarda invaginatsiya
kam uchraydi. Odatda, yonbosh ichak ko’richak ichiga kiradi. Operatsiya
xarakteri invaginatda operatsiya vaqtigacha ro’y bergan mahalliy o’zgarishlarga
bog’liq. Invaginatsiyani ko’pincha yuqoriga ko’tariladigan ichak tomonidan
invaginat boshchasini asta-sekinlik bilan bosib, shunchaki to’g’rilash bilan yo’q
qilishga muvaffak bo’linadi. Destruktiv o’zgarishlar bo’lganda ichakni
rezektsiya qilish (qon oqimi bo’zilishi sababli ro’y bergan nekroz) odatda
ileotranverzoanastomoz qo’yish bilan tugallanadi.
Ichak buklanishi yoki uning boshqa deformatsiyasi natijasida paydo
bo’lgan bitishmadan tutilib qolishda ichak o’tkazuvchanligini tiklash uchun
ko’pincha bitishma yoki tortmani kesishning o’zi kifoya qiladi. Katta
ko’lamdagi bitishma jarayoni tutilib qolgan joyni hamavaqt to’g’ri aniqlashga
imkon beravermaydi, shuning uchun bunday sharoitda passajdan ichak
438
qovuzloqlari yig’indisini uzib qo’yadigan aylanma anastomoz qo’yish juda
maqsadga muvofiq.
Adabiyotda ichakning o’tkir tutilib qolishini bartaraf qilish va Nobl
operatsiyasini bir vaqtda bajarish to’g’risida axborotlar bor. Bunday taktikani,
aftidan, bemorlarning bir qismi uchun to’g’riligini tan olish va bu operatsiyani
katta tajribaga ega xirurglar bajarishi lozimligini ta’kidlab o’tish zarur.
Ichakni turib qolgan suyuqlikdan xoli qilish va operatsiyadan keyingi
davrda uning bemalol oqib ketishiga sharoit yaratishga ingichka ichakning
hammasini, zarur bo’lganda yo’g’on ichakni ham intubatsiya qilish yo’li bilan
erishiladi. Ichakni dekompressiya qilish va uning parezini dori-darmonlar bilan
davolash bilan birga ichak tutqichni 0,25% li novokain eritmasi bilan blokada
qilish tavsiya etiladi, bu ham peristaltika tiklanishiga imkon beradi. Ichakda
morfologik o’zgarishlar bo’lmaganda yoki kam yuzaga chiqqanda erta
bajariladigan operatsiyalar hajmi (bitishmani qirqish, ichak bo’shlig’ini
ochmasdan stomani chiqarish), qorin bo’shlig’ini drenaj qilishga ehtiyoj
qolmaydi.
Dostları ilə paylaş: |