xirurgik patologiyasida, intoksikatsiyada, operatsiyadan keyin va shu kabilarda
2-3 kun davom qiladigan ichak parezi laparotomiya bilan birga o’tadi va
operatsiyadan keyingi davr qulay kechganda o’zicha barham topadi. Parez va
431
ichak funktsional tutilishi og’ir formalari metabolik buzilishlar, ayniqsa kaliy
ionlari tanqisligi, simpatikotoniya sababli; buyrak usti bezlari po’stlok moddasi
gormonlari etishmasligi, ichak tutqich qon aylanishi buzilishi, organlar ichidagi
tomirlar va ichak tutqich terminal venalari trombozi, peritonit va boshqalar
sababli kelib chiqqan.
Ichak mexanik tutilishini xatto ilk davrda operatsiya qilish ichak xarakat
aktivligi buzilishlarini darhol bartaraf etmay, balki avvaliga parez manzarasini
kuchaytiradi.
Operatsiyadan keyin ichak choki germetikligi ko’p jixatdan operatsiyadan
keyin parezning kechishi bilan belgilanadi. Ichakning operatsiyadan keyingi
funktsional tutilib qolishi ichak ichidagi bosimning oshishi bilan o’tib,
choklarning etarlicha solinmaganidan darak beradi.
Konservativ davolash usullari orasida ichak motorikasini bevosita
rag’batlantirish usullari, elektrstimulyatsiya, ichak motorikasini tormozlaydigan
reflekslarni blokada qilish usullari farq qilinadi. Hazm traktini dekompressiya
qilish usullari xirurgik usullarga kiradi. Motorikani yaxshilashning klizma,
venaga natriy xlorid, kaliy xlorid eritmalari yuborish, pituitrin, prozerin
qo’llanish kabi usullari eng ko’p tarqalgan.
Ichak funktsional tutilishini davolashning patogenetik vositasi ichakka
simpatik innervatsiya tormoz ta’sirining blokadasi, simpatikotoniyani bartaraf
qilish xisoblanadi. Bunga ganglioblokatorlar, anesteziya qiladigan vositalar
bilan gangliar blokada usullarini qo’llash, simpatolitik vositalar yuborish bilan
erishiladi.
Peridural anesteziya ichak parezida uning motorikasiga rag’batlantiruvchi
ta’sir ko’rsatadi. Peridural bo’shliqqa har 4 soatda 10 ml 2,5% li trimekain
eritmasi yuborish ichak harakat funktsiyasini faollashtiradi. Peridural
anesteziyani ichakning funktsional tutilib qolishi barham topguncha, ya’ni 3-5
sutkagacha qo’llash yaxshi natija beradi.
432
Peridural anesteziya bilan elektr stimulyatsiyani birga olib borish,
shuningdek simpatolitik vositalar qo’llash (zobarin, guanidin, ornil) ichak
peristaltikasini rag’batlantirishning ta’sirchan usullari hisoblanadi.
Davom ettirilgan peridural anesteziya xizmati yaxshi yo’lga qo’yilgan
bo’limlarda elektr stimulyatsiya bilan birga ichakning, uni funktsional tutilishini
profilaktika qilish va davolash uchun qo’llash tavsiya qilinadi. Simpatolitik
vositalarni esa oddiy va hammaga ma’lum bo’lganidan funktsional ichak
tutilishida hamma joyda qo’llanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: