Xirurgik kasalliklar


O’tkir  ichak  tutilishida  xirurgik  va  konservativ  davolash  usullari



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   363
O’tkir  ichak  tutilishida  xirurgik  va  konservativ  davolash  usullari. 

O’tkir  ichak  tutilishi  bo’lganda,  shuningdek  shu  kasallikka  tahmin  qilingan 

hamma bemorlar shoshilinch jarroxlik bo’limiga yotqizilish kerak. 

Ularga  og’riq,  giperperistaltikaga  qarshi  kurash,  intoksikatsiyani  bartaraf 

qilish  va  gomeostaz  buzilishlarini  (tsirkulyatsiyadagi  qon  miqdorini  to’ldirish, 

suv-elektrolit  va  oqsil  almashinuvini  tiklash)  izga  solishga  qaratilgan 




 

429 


konservativ  davolashni  buyurish  zarur.  Infuzion  davolash  xajmi  bemor 

ahvolining og’ir-engilligi va kasallikning qancha muddatdan buyon borligi bilan 

belgilanadi. 

Diagnoz noaniq bo’lganda promedol va narkotik analgetiklar qo’llanishdan 

saqlanib turish kerak. 

Konservativ  davolash  bemorni  tekshirish  bilan  parallel  holda  maksimal 

hajmda  o’tkaziladi.  Ichak  tutilishi  og’ir  kechayotgan  bemorlarda  konservativ 

davolash  operatsiyadan  oldingi  tayyorgarlik  sifatida,  ko’pi  bilan  30-40  minut 

ichida o’tkaziladi. 

O’tkir  ichak  tutilishi  diagnozi  tasdiqlangan  bemorlarda  konservativ 

davolash ko’pi bilan 2 soat o’tkaziladi. 

Konservativ  davolash  kompleksi  oshqozon  ichak  traktini  yuqori 

bo’limlarini  me’daga  (yoki  yaxshisi  o’n  ikki  barmoqli  ichakka)  zond  kiritish 

vositasida  turib  qolgan  suyuqlikni  passiv  oqizish  yoki  past  bosim  ostida 

(masalan, suv oqimi nasosi yordamida) chiqarishni o’z ichiga oladi. Me’dani 1-

2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuvish maqsadga muvofik. 

Atropin  sulfat  (teri  ostiga  1  ml  0,1%  li  eritmasi),  zarurat  bo’lganda 

tayinlanadi;  sifon  klizmalar  yo’g’on  ichakning  bo’shalishiga,  ba’zan  esa  tutilib 

qolishining yo’qolishiga olib keladi. 

Ayrim  hollarda  endoskopik  tekshirish  vaqtida  bajariladigan  davolash 

muolajalari  tutilib  qolishni  yo’qotishga  yordam  beradi.  Masalan,  yo’g’on 

ichakning  distal  bo’limlarida  invaginatsiyaning  yoki  sigmasimon  ichakning 

buralib  qolishining  ilk  bosqichlarida  uni  havo  bilan  chiqarib,  invaginatning 

yozilishiga, burilishni to’g’rilanishiga muvaffak bo’lish mumkin. 

Venaga 10% li natriy xloridni sutkasiga 1-2 marta 20 ml dan, 500-1000 ml 

dan  5-10%  li  glyukoza  eritmasiga  insulin  qo’shib  (4  g  quruq  glyukoza 

moddasiga  1  TB  xisobida),  elektrolit,  ayniqsa  kaliy  almashinuvini  normaga 

solish yo’li bilan motorikani tiklasa bo’ladi. Kaliy tanqisligi nerv impulslarining 

sinaptik  tuzilmalarga  o’tishiga  yomon  ta’sir  qiladi;  ichak  atoniyasini 

gipokaliemiya  natijasida  rivojlanishi  yaxshi  ma’lum.  Biroq  kaliy  darajasining 




 

430 


o’zigina  emas,  balki  kaliy,  natriy  va  kaltsiy  ionlarining  normal  nisbati  ham 

muxim.  Shunga  ko’ra  tegishli  analizlar  o’tkazish  zarur.  Ichak  devorida 

mikrotsirkulyatsiyani  tiklash  muvaffakiyatli  davolashning  shartlaridan  biri 

sanaladi. U oqsil miqdorini normaga solish, qon reologik xossalarini yaxshilash, 

qonning  tomir  ichida  ivib  qolishining  oldini  olish  va  shu  kabilarni  o’z  ichiga 

oladi.  Jigar  oldi  kletchatkasiga  va  bevosita  tomirlar  o’zaniga  (tomchilab)  100-

150  ml  miqdorda  0,25%  li  novokain  eritmasi  yuborish  ichak  motorikasiga 

yaxshi  ta’sir  ko’rsatadi,  nerv  impulsining  muskul  tolasiga  uzatilishini 

kuchaytiradi: 0,05% li prozerin eritmasini 1 ml dan 1-1,5 soat o’tkazib 2 marta 

teri  ostiga  albatta  yuborish kerak.  Qator hollarda  sifonli klizmalar  to’g’ri  ichak 

ampulasidagi axlatni barmoq bilan chiqarish bilan qo’shib olib boriladi. 

Konservativ  davolashning  ta’sirchanligiga  baho  berishga  bemorning 

umumiy  holati  (shikoyatlari,  gemodinamika  ko’rsatkichlari  va  b.)  va,  nihoyat, 

qorin  tomonidan  bo’lgan  o’zgarishlar  (o’lchami,  peristaltika  borligi,  qorin 

pardasining  ta’sirchanligi,  motorika  rag’batlantirilgandan  keyin  ich  kelishi  va 

boshqalar),  davolash  jarayonidagi  rentgenologik  manzara  dinamikasi,  mezon 

bo’lib  hisoblanadi.  O’tkazilayotgan  davolashning  naf  bermasligi,  ustiga-ustak 

bemor  umumiy  holatining  yomonlashuvi  (meteorizm  oshishi,  intoksikatsiya) 

operatsiya qilishga ko’rsatma bo’ladi. 

Ichakdagi  destruktsiya  simptomlarida  (keskin  lokal  og’riq  qorin  pardasi 

ta’sirlanishining  lokal  simptomlari,  defans,  meteorizm,  qusish,  peristaltika 

bo’lmasligi,  «chayqalish  shovqini»  va  b.)  asosiy  davolash  tadbiri  sifatidagi 

operatsiyaga  mutloq  ko’rsatmalar  vujudga  keladi.  Konservativ  davolash 

operatsiyadan oldingi jadal tayyorgarlik doirasida o’tkaziladi, xolos.  




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin