Xirurgik kasalliklar


O’tkir ichak tutilishini xirurgik davolash



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   363
O’tkir ichak tutilishini xirurgik davolash. 

Ichak  tutilganda  yoki  unga shubxa  qilinganda  zarur  tadbirlardan  biri  qorin 

bo’shlig’ining  hamma  organlariga  kiriladigan  yo’lni  vujudga  keltirish 

hisoblanadi.  Buni  avvalo  miorelaksantlardan  foydalanib  o’tkaziladigan 

endotraxeal narkoz bilan ta’minlanadi.  

Bemorning  ichagi  bitishmadan  tutilib  qolganda  xirurg  navbatdagi 

operatsiya  qilinishida  qiyin  ahvolda  qoladi.  Shunga  o’xshash  har  bir  holda 

masala  individual  xal  qilinadi,  biroq  har  qanday  yo’l  orqali  kirishda  odatda 

o’zaro  va  parietal  qorin  pardasi  bilan  yopishgan  ichak  qovuzlogini  katta 

masofada  ozod  qilishga  to’g’ri  kelishini  unutmaslik  kerak.  Shuning  uchun  eski 

chandik  bo’yicha  uni  kesib  o’rta  yo’l  bo’ylab  kirishdan  foydalanish  kerak. 

Bunda  eng  muximi  qorin  bo’shlig’iga  kirish  vaqtida  ichak  qovuzlog’ini 

jaroxatlab qo’ymaslik hisoblanadi. 

Laparotomiya  bajarilgandan  keyin  qorin  bo’shlig’i  taftish  kilinadi. 

Strangulyatsion  tutilishda  xazm  trakti  birin-ketin  taftish  qilishning  hojati  yo’q. 

To’siqdan pastda ichak puchaygan holatda bo’ladi. 

Kasallik  manzarasi  tutilib  qolishning  turi,  paydo  bo’lgan  vaqti,  ilgari 

boshdan kechirilgan operatsiyalar yoki peritonitdan keyin bitishma jarayonining 

yuzaga chiqqanligi darajasiga bog’liq holda birmuncha farq qiladi. 

Agar  diagnostik  hato  tufayli  laparotomiya  ichak  funktsional  tutilishining 

boshlang’ich  bosqichida  o’tkazilgan  bo’lsa,  operatsiyaning  faqat  diagnostik 

qismi  bilan  chegaralanib  qolish  mumkin  emas.  Bunday  operatsiyadan  keyin 




 

433 


bemorlarning 

ahvoli 


operatsiyadan 

keyingi 


parez 

xisobiga 

hamisha 

yomonlashadi.  Parezga  qarshi  kurashish  va  funktsional  tutilib  qolishni 

profilaktika qilish maksadida shu sharoitda nazariy asoslangan muolaja – ichak 

dekompressiyasi  qilinadi.  Ichak  tutqichiga  100  ml  gacha  0,25%  li  novokain 

eritmasini yuborish peristaltikaning tiklanishiga yordam beradi. 

Ichakning o’tkir tutilishida operatsiya xajmi quyidagicha bo’ladi: 

1)  ichak  tutilishini  bartaraf  etish  va  tutilib  qolishga  bevosita  olib  kelgan 

sababni imkon boricha bartaraf etish; 

2)  ichakni  dimlangan  suyuqlikdan  xoli  qilish  va  operatsiyadan  keyingi 

davrda uning bemalol okib ketishini ta’minlash – nazoenteral dekompressiiya; 

3) qorin bushlig’ini sanatsiya va drenaj qilish. 

Shunday  qilib,  eng muximi  ichak  bo’ylab  passajni tiklash lozim.  Biroq bu 

tutilib  qolishni  keltirib  chiqargan  sababni  tugatish  degan  ma’noni  bildirmaydi. 

Tabiiyki,  tutilib  qolishni  tiklash  uchun  to’siqni  bartaraf  etish  eng  ma’kul 

variantdir.  Biroq  bu  shartni  bajarish  bemor  ahvolining  og’ir-engilligiga  to’liq 

bog’liq.  Xar  qanday  operatsiyaning  asosida  radikallik  yo’lida  bemorga  ziyon 

etkazmaslik  yotishi  kerak.  Shuning  uchun  tegishli  operatsiya  xajmini  tanlash 

uchun xirurg bemor  ahvoliga ob’ektiv  baho  berishi lozim.  Shubxasiz,  ko’pgina 

sharoitlarda  xirurg,  odatda,  ichak  rezektsiyasini  qilib  tutilib  qolish  sababini 

bartaraf  etishga  majbur.  Biroq  operatsiyaning  keyingi  –  tiklanish  bosqichini 

bemor  ahvolining  og’ir-engilligi  bilan  taqqoslashi  va  birlamchi  anastomoz 

qo’yishi  yoki  ileostomani  bajarishi  kerak  xolos.  Bemorning  ahvoli  nechog’lik 

og’ir bo’lsa, operatsiya radikalligi shunchalik kamroq bo’lishi kerak. 

Ichakning  buralib,  tugun  hosil  qilib,  qisilib  yashab  ketishga  layoqatsiz 

qovuzloqlari  odatda  birlamchi  rezektsiya  qilinishi  kerak.  Ichakning  yashashga 

layoqatsizligiga shubha bo’lganda, ayniqsa strangulyatsion egatlar, qon quyilgan 

qismlari bo’lganda shubhali qismlarini ham rezektsiya qilish kerak bo’ladi. 

 

 



 


 

434 


 

 

 



 

93-rasm. Nazoenteral zond 

 

Ichakning  yashashga  layoqatliligini  aniqlashning  ko’pgina  usullari  taklif 



qilingan.  Klinik  amaliyotda  ichakni  issik  izotonik  natriy  xlorid  eritmasiga 

xullangan salfetka bilan 10-15  minutgacha  isitishdan  foydalaniladi, shuningdek 

ichak  tutqichga  20-40  ml  iliq  novokain  eritmasi  yuboriladi.  Agar  ichakning 

yashashga layoqati saqlanib  qolgan  bo’lsa,  hozirgina  aytib o’tilgan  muolajadan 

keyin  ichakning  seroz  qoplami  pushti  rangga  kiradi,  turgor  va  aniq  peristaltika 

paydo bo’ladi, ichak tutqich tomirlarining urib turishi aniqlanadi. 

Ichakning  o’tkir  tutilib  qolishida  ichak  devoridagi,  ayniqsa  ko’zdan 

kechirib  bo’lmaydigan  shilliq  pardasidagi  degenerativ  o’zgarishlar  darajasi  bir 

hil emas: to’siqdan yuqori joydagi qovuzloqlarda o’zgarishlar hamisha ko’prok. 

Shuning uchun ichak obstruktsiya joyidan 40-50 sm yuqorida va uning pastidan 

10-15  sm  olib  tashlanganda  rezektsiya  texnik  jixatdan  to’g’ri  bajarilgan 

hisoblanadi.  Ko’rsatib  o’tilgan  masofalarni  ichakning  yashashga  layoqatli  va 

layoqatsiz qismlari orasidagi chegaradan o’lchash kerak. 

Ichakni  sog’lom  to’qimalar  chegarasida  rezektsiya  qilish  anastomozning 

bitib ketishiga kafil bo’ladi. 

Tutilib  qolishning  strangulyatsion  formalari  orasida  sigmasimon  chambar 

ichakning  buralishi  eng  ko’p  –  deyarli  50%  bemorlarda  uchraydi.  Kasallikning 

eskiligi  va  morfologik  o’zgarishlar,  bemorlarning  yoshi  va  ahvolining  og’ir-

Dekompressiya uchun teshiklar 

Havoni so’rish uchun 

Aspiratsiya 

uchun 


Havoni tashqarilan kirituvchi teshik 


 

435 


engilligi hisobga olinganda ba’zan optimal taktik echimni tanlash qiyin bo’ladi. 

Xirurg ko’p uchratib turadigan ayrim hollarni ko’rib chiqamiz. 



Sigmasimon  chambar  ichak  nekrozi  yoki  qora  sigma.  Taktika  masalasi 

sog’lom  to’qimalar  doirasida  rezektsiya  qilish  foydasiga  hal  qilinadi. 

Nekrozlangan qovuzloqni qorin bo’shlig’idan qorin pardasiga olib chiqib, bemor 

ahvoli  imkon  berishi  bilan  rezektsiya  qilish  yuqori  letallikka  sabab  bo’lganligi 

sababli o’zini oqlamadi va hozir qo’llanilmaydi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin