O’tkir paraproktitni boshdan kechirish oqibatida rivojlanadi va to’g’ri
ichakda oqma yara borligi bilan namoyon bo’ladi. Oqma yaralarning paydo
408
bo’lishiga ko’pincha bemorlarning yiringlik o’zicha yorilgandan keyii tibbiy
yordam olishga kechikib murojaat qilishlari sabab bo’ladi.
Klassifikatsiyasi. To’liq va noto’liq turi farq qilinadi. To’liq oqmada
ikkita va undan ortiq teshiklar: ichki – to’g’ri ichak devorida va tashqi – anal
teshik atrofi terisida bo’ladi.
Noto’liq oqmada bitta teshik bo’ladi va u ichki va tashqiga bo’linadi.
Ichki oqmaning to’g’ri ichak devorida teshigi bor, u pararektal kletchatkada
tugaydi. Tashqi oqmaning anal teshik atrofida teshigi bo’ladi va u pararektal
kletchatkada tugallanadi. To’g’ri ichak oqmasi sfinkterga nisbatan joylashuviga
ko’ra intrasfinkter, transsfinkter va ekstrasfinkter bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: