Teri ostidagi paraproktit — eng ko’p uchraydigan formasi, o’tkir
boshlanadi. Birinchi sutka mobaynida tana harorati 39°C gacha ko’tariladi, orqa
chiqaruv yo’li sohasida kuchli og’riqlar paydo bo’ladi. Teri osti kletchatkasida,
anal teshik yaqinida og’riydigan infiltrat paydo bo’ladi. Uning ostidagi teri
qizargan, markazida flyuktuatsiya bor, shu soha lo’qillab og’riydi. Bemorlar
dumbaning sog’lom tomonini bosib o’tirishga urinadilar. Agar vaqtida
operatsiya qilinmasa, yiringlik 5-7 kuni teri orqali o’z-o’zidan yorilib chiqishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |