Pelviorektal (chanoq–to’g’ri ichak) paraproktiti – bu paraproktitni eng
og’ir turi bo’lib, o’tkir paraproktit bilan kasallangan bemorlarni 2-7% ni tashkil
qiladi. O’tkir paraproktitning har bir formasiga muayyan klinik manzara xos,
ayni vaqtda, o’tkir paraproktitning turli formalari uchun umumiy bo’lgan
ko’pgina simptomlar mavjud. O’tkir paraproktitda, boshqa har kanday o’tkir
yallig’lanish jarayonidagi kabi, umumiy xolatning buzilishi kuzatiladi: tana
haroratining ko’tarilishi, et junjikishi, uyqu buzilishi, orqa chiqaruv yo’li va chot
sohasida og’riq bo’ladi. Yiring yig’ilgan sayin og’riqlar kuchayadi,
intoksikatsiya orta boradi. Agar yiringlik o’z vaqtida ochilmasa, u qo’shni
hujayra bo’shliqlariga, to’g’ri ichakka, teri orqali tashqariga yoriladi.
Dostları ilə paylaş: |