Ichki gemorroidal tugunlarning qisilishi. Buning sababi ham ichkilik
ichish va o’tkir taomlar iste’mol qilish hisoblanadi. Ichki gemorroidal tugunlar
tushadi va anal teshikda qisilib qoladi, tromboz va nekroz qaytadan paydo
bo’ladi. Bemorlarda orqa chiqaruv yo’li sohasida qattiq og’riq, yot jism borligi
sezgisi, haroratning 39°C gacha ko’tarilishi kuzatiladi. Anal teshikni ko’zdan
kechirishda to’q ko’kimtir rangli gemorroidal tugunlar ko’rinib turadi. Nekroz
qon ketishi bilan o’tadi.
Davolash parhez ovqatlar, surgi dorilar, antibiotiklar, yallig’lanishga
qarshi preparatlar tayinlashdan iborat. Yallig’lanish jarayoni barham topgandan
keyin xirurgik davolashga o’tiladi.
Dostları ilə paylaş: |