kun oldin kechqurungi va ertasiga ertalabki huqnalarni o’z ichiga oladi.
Eng keng tarqalgan jarrohlik usullaridan 1930-yillarda ingliz jarrohlari –
Milligan va Morgan tomonidan taklif etilgan usul (Milligan-Morgan usuli)
hisoblanib, hozirgi kunda uning turli xil modifikatsiyalari qo’llaniladi. Bunga
ko’ra uch asosiy gemorroidal tugunlar kesiladi va ularni qon bilan ta’minlab
turuvchi qon tomir oyoqchasi bog’lanadi. Buning uchun anal sfinkterni keng
401
qilib ochilgandan so’ng, tugunchaga halqali qisqich qo’yilib tortiladi, ikkala
tomonidan shilliq qavati kesilib, tugun oyoqchasi ajratilib qon to’xtatuvchi
qisqich qo’yiladi. Tugun kesib olib tashlanadi, oyoqchasi esa tikib bog’lanadi,
ustidan shilliq qavat defekti ketgut bilan tikib qo’yiladi. Bu usuldan keyin 1-3%
xolatlarda kasallik retsidiv beradi. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlar
shlaksiz parhezni davom ettiradilar, har kuni bog’lam almashtiriladi.
Operatsiyadan keyingi 5-6 kuni bemorning mustaqil ichi keladi. U og’riqli va
biroz qon ketishi bilan kechishi mumkin.
87-rasm. Milligan-Morgan bo’yicha gemorroidektomiya.
Bundan tashqari, Subbotin, Lokxard-Mammeri, Martinov, Rijix (88-rasm)
usullari ham mavjud, ammo ular hozirigi kunda juda kam qo’llaniladi.
402
88-rasm. Rijix bo’yicha gemorroidektomiya.
1993 yili italiyan jarrohi Antonio Longo yangi operatsiya usulini taklif
qildi. Unga ko’ra to’g’ri ichak shilliq qavati tishsimon chiziq yuqorisidan
rezektsiyasi va bir qismini olib tashalash amaliyoti bajarilib, shu yo’l bilan
gemorroidal tugunlarni qon bilan ta’minlanishi keskin kamayadi va ular o’rnini
asta-sekinlik bilan biriktiruvchi to’qima egallaydi. Bu operatsiya steppler
usulida ishlovchi mahsus tsirkulyar tikuvchi apparat yordamida amalga
oshiriladi.
Gemorroyda
xirurgik
davoga
qarshi
ko’rsatma
bo’lib,
dekompensatsiyalashgan portal gipertenziya va arterial gipretenziyaning og’ir
darajasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: