Xirurgik kasalliklar


Kam  jarohat  etkazib  davolash  (maloinvaziv)



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə252/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   363
Kam  jarohat  etkazib  davolash  (maloinvaziv)  usullariga  skleroterapiya 

usuli  kirib,  bunda  turli  xil  sklerozlovchi  dori  vositalari  ishlatiladi.  Jumladan 

etoksisklerol,  fibroveyn,  trombovarning  eritmalari.  Bu  vositalar  gemorroidal 

tugunlar  ichiga  yuborilib,  uning  trombozi,  yallig’lanish  bosqichisiz  uning 

obliteratsiyasiga  erishilinadi  (86-rasm).  Bir  vaqtning  o’zida  2  tadan  ortiq 

tugunga dori vositasini yuborish tavsiya etilmaydi, chunki og’riq kuchli bo’lishi 

mumkin.  12-14  kundan  kam  bo’lmagan  muddatda  davo  yana  qaytarilishi 

mumkin.  Bu  usul  kasallikning  I-II  bosqichlarida  71-85%  gacha  yaxshi  natija 

beradi. Kechki bosqichlarida esa 26-42%, qoniqarsiz natija III-IV bosqichlarida 

31-62% ni tashkil etadi.

 

 

Bu  usulga  qarshi  ko’rsatma  bo’lib  turli  yuqumli  kasalliklar,  anus  atrofi 



yallig’lanish mavjud bo’lishi hisoblanadi. 

Yana  bir  kam  jarohat  etkazib  davolash  usuliga  tugunchalarga  lateks 

halqachalarini qo’yishdir. Halqachalar tugun oyoqchasiga o’rnatiladi va ma’lum 

bir vaqt o’tgach, tugunlar nekrozi va ularning uzilib tushishiga erishiladi. 

Bu  usul  jarrohlik  usuliga  nisbatan  kam  radikalizmga  ega  va  ko’p  retsidiv 

beradi. Shuning uchun bu usul yuqori operatsion havfi bo’lgan va hamroh og’ir 

kasalliklari mavjud bemorlarda qo’llaniladi.   

 



 

400 


 

86-rasm. Skleroterapiya. 

 

Lateks  halqachali  tugunlarni  bog’lash  usuliga  raqobatlashuvchi  usullardan 



biri bu – ultratovush dopplerometriya nazorati ostida bajariladigan gemorroidal 

tugunlarni  bog’lashdir.  Bu  usul  gemorroyning  II-III  bosqichlarida  qo’llaniladi. 

Ushbu yangi usul shilliq ostida joylashgan yuqori gemorroidal arteriya terminal 

tarmoqlarini  joylashishini  va  sonini  aniq  topishga,  ularni  to’liq  bartaraf  etishga 

erishtiradi. 

Bundan  tashqari  kam  jarohatli  usullarga  infraqizil  fotokoagulyatsiya, 

kriodstruktsiya,  monopolyar  va  bipolyar  koagulyatsiya,  lazerli  koagulyatsiyani 

kiritiladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin