(kavernoz) tanachalarining venulalar orqali, arterio-venoz anastomozlarga ega
bo’lgan to’g’ri ichak g’orsimon shilliq osti chigallardan qonni oqib chiqib
ketishining buzilishi natijasida, ularning kengayishi bilan kechuvchi kasallik
hisoblanadi. Kasallik juda keng tarqalgan bo’lib, katta yoshdagi axolining 43,7
foizida uchraydi va to’g’ri ichak kasalliklari bilan og’rigan bemorlar orasida 40
foizni tashkil etadi. Erkaklar va ayollar orasida kasallik deyarli bir xil nisbatda,
devorlarida joylashadi. Bu bemorning chalqancha yotgan xolatida shartli soat
mavjud – infektsion agentlar tasiri (kriptogen infektsiya, gemorroidal flebitlar,
kolit va boshqalar), neyrogen va endokrin buzilishlar (jinsiy bezlar va gipofiz
396
disbalans, kavernoz chigallar devorida nerv trofikasini buzilishi). Boshqa
olimlarning fikricha kasallik rivojlanishida ekzo- va endogen intoksikatsiya
(o’tkir va achchiq taomlar, alkogol iste’mol qilish) hamda allergik jarayonlar
muhim o’rin tutadi. Hozirgi vaqtda mexanik va gemodinamik nazariya keng
tarqalgan. Mexanik nazariyaga binoan, g’orsimon tanachalar to’g’ri ichakda
najasni ushlab turuvchi normal anatomik tuzilma bo’lib, najasning ampulada
ko’p vaqt turib qolishi, qabziyat, defekatsiya aktida qattiq kuchanish oqibatida
qattiq najas bilan ularni joyidan distal yo’nalishda siljishi, g’orsimon
tanachalarni (yumaloqlar) tutib turuvchi biriktiruvchi to’qimali tolalarining
uzilishi natijasida kelib chiqadi. Natijada gemorroidal tugunlar yuzaga keladi.
Gemodinamik nazariyaga ko’ra, gemorroyning kelib chiqishida venoz
qonni qayta oqib ketishining buzilishi va venoz dimlanishga olib keluvchi
sabablardan – qorin ichki bosimini oshiruvchi (xomiladorlik, uzoq vaqt yo’tal,
og’ir yuk ko’tarish, qabziyat) va funktsional (defekatsiya vaqtida ichki
sfinkterning bo’shashmasligi) omillar muhim ahamiyatga egadir.
Bundan tashaqari, arterio-venoz shuntlarning funktsiyasining buzilishi va
neyrogumoral mexanizmlarning izdan chiqishi ham gemorroy rivojlanishida
e’tiborga loyiq.
Gemorroyning yuzaga kelishida va avj olishiga bir necha omillar, jumladan,
kam harakatli va uzoq vaqt o’tirish bilan kechuvchi hayot tarzi,
semizlik,
qabziyat, defekatsiya vaqtida qattiq kuchanish, xomiladorlik va tug’ruq, chekish,
sovuq qotish, uzoq vaqt davom etgan diareya, og’ir yuk ko’tarish, davomli
yo’tal, alkogol, achchiq va o’tkir taomlar iste’mol qilish shular jumlasidandir.
Ichki va tashqi gemorroidal tugunlar yoki ularning qo’shilib kelishi –
aralash gemorroy farq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: