Tug’ma anomaliyalari
To’g’ri ichakning tug’ma anomaliyalari ichakning to’liq atreziyasi
(yopiqligi) yoki oqmali ichak atreziyasi belgilari bilan kechadi. To’liq
atreziyalarda bemorda ichakdan chiqish yo’llari bo’lmaydi va tashqariga
chiqindilar chiqmaydi.
Uning turlari to’g’ri ichak atreziyasi, orqa chiqaruv teshigi atreziyasi, orqa
chiqaruv teshigi va to’g’ri ichak atreziyalari farqlanadi.
To’g’ri ichak atreziyasi – orqa chiqaruv teshigining to’liq yopiqligi bilan
kechadi. Orqa chiqaruv teshigi atreziyasida uning o’rnida yupqa teri bo’lib uni
oson ichkariga botirish mumkin. To’g’ri ichak atreziyasida ichak o’rnida
biriktiruvchi to’qima shakllangan bo’ladi. Orqa chiqaruv teshigi atreziyasi ayrim
hollarda 1-3 sm li cho’ntaklar hosil qilishi mumkin. Ba’zan to’g’ri ichak
atreziyasi to’g’ri ichak-qin oqmalari, to’g’ri ichak-siydik qopi oqmalari va
to’g’ri ichak-uretral oqmalar xolatida ham kechadi.
Dostları ilə paylaş: |