Klassifikatsiyasi bo’yicha quyidagilar farq qilinadi:
1. Etiologik printsipi bo’yicha: oddiy, anaerob, spetsifik, travmatik.
2. Yiringlikning joylashuvi bo’yicha: shilliq parda ostidagi, teri ostidagi,
ishiorektal, pelviorektal, retrorektal.
3. Kechishi bo’yicha: o’tkir, xronik, qaytalanadigan.
Shilliq osti paraproktiti o’tkir paraproktit bilan kasallangan bemorlarni 2-
6% ni tashkil kiladi. Og’riq kuchsiz bo’lib, og’riq defekatsiya vaqtida
kuchayadi. Tana xarorati subfebril bo’ladi. Palpator to’g’ri ichak bo’shlig’ida
yiringli bo’shliq joylagan joyda kuchli og’riq aniqlanadi. Yiringni to’g’ri ichak
bo’shlig’iga yorib chiqishi sabab bemor o’z-o’zidan tuzalishi mumkin.
89-rasm. O’tkir paraproktitda pararektal abstsesslarning joylashuvi
1 – teri osti abstsessi; 2- shilliq osti abstsessi; 3 – ishiorektal paraproktit; 4 – chanoq-
to’g’ri ichak abstsessi.
|