To’g’ri ichak orqasidagi (retrorektal) paraproktit. To’g’ri ichakda va
dumg’azada qattiq og’riq paydo bo’lishi bilan kechib, u xojat paytida kuchayadi.
Og’riq songa, chotga uzatiladi. Dum suyagi bosilganda og’riydi. Barmoq bilan
tekshirilganda to’g’ri ichak orqa devorining og’rishi va shishib chiqqanligi
aniqlanadi.
Paraproktitlarni davolash faqat xirurgik bo’lib, operatsiya yiringlikni
ochish va drenaj qo’yishdan iborat bo’ladi. Operatsiyani vena ichiga preparat
yuborish usuli bilan og’riqsizlantirilib bajariladi. Yiringli bo’shliqni barmoq
bilan yaxshilab taftish qilinadi, yiringli bo’shliq vodorod peroksidi va boshqa
antiseptik vositalar bilan sanatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |