belgilar qorinning chap tarafida aniqlanadi. 2-27% xolatlarda divertikul qorin
bo’shlig’iga yorilib peritonitni, qorin orti sohasiga yorilib qorin orti
flegmonasini va ichak tutqichi klechatkasiga yorilib esa parakolik abstsessni
keltirib chiqaradi. Divertikul ichida hosil bo’lgan abstsess ichak bo’shlig’iga
yorilib belgilarisiz kechsa, uning qorin bo’shlig’iga yorilishi peritonitga,
bo’shliqli a’zoga yorilishi esa, ichki oqma rivojlanishiga olib keladi. Uzoq
muddat davom etib kelgan divertikul bitishmalar hosil qilib, o’tkir ichak
tutilishiga sabab bo’ladi. Yo’g’on ichak divertikulida 3-5% bemorlarda qon
389
ketish asorati kuzatiladi. Bunda arteriya devori arroziyaga uchrab, aksariyat
xollarda u profuz bo’ladi va umumiy xolsizlik, bosh aylanishi, teri
qoplamlarining oqimtir tusda bo’lishi, najasning qon aralash kelishi, taxikardiya
belgilari bilan namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: