387
Kasallik differentsial diagnozi dizenteriya, proktit, Kron kasalligi bilan
o’tkaziladi.
Davolash. Konservativ davo oqsilga boy, uglevodlar va sutni cheklovchi
parhezdan, desensibilizatsiyalovchi va antigistamin dori vositalari (dimedrol,
pipolfen, suprastin, tavegil), vitaminlar (A, E, C, K, B guruh), bakteriostatik
preparatlardan (etazol, ftalazol, sulgin, enteroseptol) tashkil topadi. Bundan
tashqari, salazopiridazin antimikrob va desensibilizatsiyalovchi ta’sir ko’rsatib,
juda yaxshi natija beradi. Davo natijasiz bo’lgan xolatlarda davoga steroid
gormonlarni (prednizolon, deksametazon) qo’shish maqsadga muvofiqdir.
Xirurgik davo kasallik asoratlari yuzaga kelganda, ya’ni, profuz qon
ketganda, ichak perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida qo’llaniladi. Bundan
tashqari, operativ davo kasallikning uzluksiz va retsidivlovchi shakllarida,
konservativ davo natija bermaganda, rak rivojlanganda ham qo’llaniladi. Ichak
toksik dilyatatsiyasida ileo- yoki kolostomiya amaliyoti bajariladi. Qolgan
xolatlarda zararlangan ichak qismi rezektsiyasi, kolektomiya yoki ileostomiya
bilan yakunlanuvchi koloproktektomiya amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: