Xirurgik kasalliklar


YO’G’ON  ICHAK  KASALLIKLARI



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   363
YO’G’ON  ICHAK  KASALLIKLARI 

 

Chambar ichak 

Chambar ichak yo’g’on ichakning bir qismi bo’lib, uzunligi 1-2 m ga teng, 

uning diametri ko’richak sohasida 7-8 sm ga, distal sohasida esa 4-5 sm ga teng. 

U  ko’richak,  yuqoriga  ko’tariluvchi,  ko’ndalang,  pastga  tushuvchi  chambar 

ichak, sigmasimon ichak qismlaridan iborat. 

Yo’g’on ichak ingichka ichakdan farq qilib, bo’ylama  mushak tolalari bir-

biriga  parallel  yo’nalgan  tasmalarni  (teniae)  hosil  qiladi.  Tasmalar  orasida  esa, 

bo’rtmalar  (haustrae  coli)  joylashib,  ular  orasida  toraymalar  almashinib  keladi. 

Bundan tashqari gaustralar devorida ”yog’li shokilalar“ joylashadi. 

Yuqoriga ko’tariluvchi chambar ichak mezoperitoneal, ayrim xollarda esa, 

qisqa ichak tutqichiga ega bo’lib intraperitoneal joylashadi. U o’ng qovurg’a osti 

sohasida  ”jigar  bukilmasi“  ni  hosil  qilib,  uzunligi  50-60  sm  bo’lgan,  har 

tomonlama  qorin  parda  bilan  o’ralgan  (intraperitoneal),  uzun  tutqichli 

ko’ndalang  chambar  ichakka  o’tadi.  Ko’ndalang  chambar  ichak  old  yuzasiga 

katta  charvi  birikkan  bo’ladi.  Chap  qovurg’a  osti  sohasida  ko’ndalang  chabar 

ichak  ”taloq  bukilmasi“  ni  hosil  qilib,  aksariyat  mezoperitoneal,  ba’zan 

intraperitoneal  joylashuvchi  pastga  tushuvchi  chambar  ichakka,  u  esa  o’z 

navbatida  intraperitoneal  joylashuvchi  o’z  tutqichiga  ega  bo’lgan  sigmasimon 

ichakka o’tadi. 

Chambar  ichak  o’ng  yarmini  yuqori  tutqich  arteririyasining  tarmog’i 

bo’lgan yonbosh-chambar ichak (a. ileocolica), o’ng va o’rta chambar ichak (aa. 

colica  dextra  et  media)  arteriyalari  qon  bilan  ta’minlasa,  chap  yarmini  pastki 

tutqich  arteriyasi  tarmog’i  –  a.  colica  sinistra  qon  bilan  ta’minlaydi.  Chap 

chambar  ichak  arteriyasi  o’rta  chambar  ichak  arteriyasi  tarmog’i  bilan 

anastomoz  hosil  qilib  –  Riolan  ravog’ini  yuzaga  keltiradi.  Sigmasimon  ichakni 

qo’shimcha  2-3  ta  sigmasimon  arteriyalari  (a.  sigmoideae)  ham  qon  bilan 

ta’minlaydi.  



 

380 


Venoz qon oqimini yuqorida sanab o’tilgan arteriyalarga nomdosh venalar 

amalga  oshirib,  yuqori  va  pastki  tutqich  venalari  (vv.  mesentericae  superior  et 

inferior),  ular  esa  darvoza  venasini  (v.  porta)  hosil  qilishda  ishtirok  etadilar. 

Huddi  shunday,  limfa  oqimi  ham  arteriyalar  bilan  yonma-yon  o’tuvchi  limfa 

tomirlari  orqali  yuqori  va  pastki  tutqich  arteriyalari  atrofida  joylashuvchi  limfa 

tugunlariga quyiladi. 

Ichak  faoliyatining  innervatsiyasi  nerv  sistemasining  parasimpatik  va 

simpatik bo’limlari, Meysner va Auerbax chigallari tomonidan amalga oshirilib, 

bunda  parasimpatik  bo’lim  motorika  va  sekretsiyaning  kuchayishiga  imkon 

beradi, simpatik bo’lim esa bunga teskari ta’sirga ega.  

Chambar  ichakda  95%  suv,  elektrolitlar,  ayrim  gaz  moddalar  so’riladi. 

Bundan  tashqari,  ichak  mikroflorasi  ta’sirida  B  va  K  guruh  vitaminlarining 

almashinuvi amalga oshiriladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin