O’tkir appenditsitning atipik kechishi
Yallig’lanishga
uchragan
chuvalchangsimon
o’simta
retrotsekal
joylashganda o’tkir appenditsit kasalligi, aksariyat hollarda tipik (xos) klinik
manzarasi aniq yuzaga chiqqan holda o’tadi. Og’riqlar odatda, o’ng yonbosh
sohasida paydo bo’lib, keyinchalik o’ng chov sohasiga va son sohasiga
irradiatsiya qiladi (beradi). O’simtaning ko’richak orqasida joylashganligi
hisobiga bemorlarda mushak taranglanishi belgisi, hatto gangrenoz o’simtada
ham umuman namoyon bo’lmaydi. Pti uchburchagida og’riq qayd qilinadi.
Pasternatskiy simptomi musbat bo’lishi mumkin. Yallig’lanish jarayoniga qorin
orqasidagi kletchatkaning tortilishi oqibatida siydikda ko’pincha eritrotsitlar
topiladi va dizurik hodisalar bilan o’tishi mumkin. O’ng oyoqning bukilgan
kontrakturasi kabi belgilar bilan o’tadi va oyoq yozilganda Pti uchburchagi
sohasida og’riq qayd qilinadi (Koup simptomi).
Chuvalchangsimon o’simta chanoqda joylashganda ham o’tkir appenditsit
klinik manzarasi atipik holatda o’tadi. Odatda, og’riq unchalik ifodalanmagan,
asosan qov ustida bo’ladi, dizurik hodisalar bilan o’tadi. Aksariyat hollarda, ich
ketish, tenezmlar kuzatiladi, mushaklarning himoya taranglanishi ham ba’zan
ifodalangan bo’ladi. Chuvalchangsimon o’simta kichik chanoqda joylashganda
rektal va vaginal tekshirish Duglas kengligida og’riq va infiltratni aniqlashga
yordam berib, o’tkir appenditsit diagnostikasida katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Chaqaloqlar hayotining birinchi yillarida o’tkir appenditsit kasalligi
kamdan kam hollarda uchraydi va uning yuzaga kelishida quyidagi faktorlar
sabab bo’ladi:
ko’richak va chuvalchangsimon o’simta shaklining konussimon bo’lishi
va uning tarkibidagi moddalar evakuatsiyasini tezlashishi;
o’simta limfoid apparatining yaxshi rivojlanmaganligi;
373
ovqatlanish hususiyatlariga ko’ra (odatda bu yoshda bolalar dag’al
ozuqa iste’mol qilmaydi).
Biroq, o’tkir appenditsit kasalligi yosh bolalarning barcha yoshida
kuzatilishi mumkin. Bolalik yoshida o’tkir appenditsit kasalligining kechishi,
ular chuvalchangsimon o’simtasida destruktiv jarayonlarning tez va shiddat
bilan rivojlanishidan ko’pincha peritonit asorati kelib chiqadi. Klinik
manzarasida esa, asosan quyidagi simptomlar: o’qtin-o’qtin og’riq bo’lishi, ko’p
marta qayt qilish, ich ketish ustunlik qiladi. Tana harorati ko’pincha yuqori (39-
40°C) darajalarga ko’tariladi va og’ir intoksikatsiya belgilari bilan ifodalangan
bo’ladi. Kasallik ko’pincha shiddat bilan kechadi, ba’zan esa o’tkir zaharlanish
yoki o’tkir gastroenterit klinik manzarasiga o’xshab ketadi.
Keksalarda chuvalchangsimon o’simta, odatda atrofiyaga yoki sklerotik
o’zgarishlarga uchraydi, uning hajmi kichrayadi, limfoid apparatining
xususiyatlari yo’qoladi. Bunga keksa bemorlarda bo’ladigan areaktiv holat ham
inobatga olinsa, ularda o’tkir appenditsit kasalligi klinik kechuvining birmuncha
sust o’tishi tushunarli bo’ladi. Keksa bemorlarni qorindagi og’riq kamroq
bezovta qiladi, mushaklarning himoya taranglashuvi belgisi deyarli bo’lmaydi,
qorin pardasining ta’sirlanishi sust yuzaga chiqqadi yoki umuman bo’lmaydi,
ba’zan gangrenoz appenditsitda ham aniqlanmaydi. Tana harorati normal yoki
subfebril. Leykotsitlar miqdori oz darajada oshgan, leykotsitar formulaning
chapga surilishi ham kam sezilarli darajada qayd etiladi.
Demak, yoshi ulug’ va keksa bemorlarda o’tkir appenditsit anchagina farq
bilan o’tadi va chuvalchangsimon o’simta tomirlarining sklerozi natijasida,
uning destruktsiyasi birmuncha tezroq rivojlanadi. Bemorlar ko’pincha klinikaga
kechikkan muddatlarda, asoratlar rivojlanib bo’lgandan keyingina keltiriladilar.
Homilador ayollarda o’tkir appenditsit kasalligining klinik kechuvi
homiladorlikning birinchi yarmi mobaynida odatdagi (tipik) kechuvdan deyarli
farq qilmaydi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida esa, xomilasi bor
bachadonning kattalashgani, yuqori va yon taraflarga kengayganligi hisobiga,
umuman qorin bo’shlig’i a’zolarining, jumladan ko’richak va chuvalchangsimon
374
o’simtaning yuqoriga surilishi kuzatiladi va shu sababli kasallikning klinik
kechishi anchayin o’zgaradi. Og’riqlar o’ng yonbosh sohasidan yuqoriroqda
joylashgan bo’lishi mumkin. Bachadon kattalashganligi sababli Sitkovskiy,
Bartome-Mixelson, Rovzing simptomlari yaxshi aniqlanmasligi yoki manfiy
bo’lishi mumkin. Aksariyat homilador ayolarda o’tkir appenditsit kasalligi tez
va shiddat bilan rivojlanib, odatdagidan ilgariroq asoratlarga olib kelishi
mumkin. Shu sababli, homilador ayollarda o’tkir appenditsit kasalligi belgilari
qayd etilganda, barvaqtroq jarrohlik amaliyotini o’tkazish zarur bo’ladi. Albatta,
bu bemorlar amaliyot jarayonida va undan keyingi davrda ginekolog nazoratida
bo’lib, xomilani saqlab qolish (xavf solayotgan bola tashlash) uchun barcha
chora-tadbirlar qo’llanilishi lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |