Xirurgik kasalliklar


Anatomik-fiziologik ma’lumotlar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   363
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 

Chuvalchangsimon o’simta ko’richakning orqa-medial devoridan uzunasiga 

ketgan  uchta  mushaklar  uchrashgan  joydan  chiqadi.  U  turli  holatni  egallab, 

uzunligi  6-16  sm,  diametri  esa  5-9  mm  bo’lgan  yopiq  tsilindr  shakliga  ega 

bo’ladi.  Yoshi  o’tgan  organizmda  o’simta  kichrayadi,  devorlari  sklerotik 

o’zgarishlarga uchraydi, natijada uning bo’shlig’i torayib, hatto yo’qolib ketishi 

kuzatiladi. 

Chuvalchangsimon  o’simta  odatda  o’ng  yonbosh sohasida  joylashib,  qorin 

bo’shlig’ida  pastga  va  medial  tomonga  yo’naladi,  ba’zan  esa  kichik  chanoq 

sohasigacha  tushishi  mumkin.  O’simta  ko’richakdan  medial  va  lateral 

yo’nalishda yuqoriga ham ko’tarilishi mumkin, ba’zan esa o’t pufagigacha etadi. 

Aksariyat  hollarda,  chuvalchangsimon  o’simta  ko’richak  orqasida  va  hatto 

retroperitoneal  joylashgan  bo’ladi.  Ba’zida,  o’simtani  yuqorida  –  jigar  ostida, 

yoki  pastda  –  kichik  chanoq  bo’shlig’ida  –  joylashishi  kuzatilishi  mumkin. 

Ko’pchilik hollarda ko’richak parietal qorin parda bilan har tomonlama o’ralgan 

bo’ladi,  lekin  ba’zi  holatlarda  mezoperitoneal  joylashgan  bo’lib,  kam 

harakatchang yoki umuman harakatsiz holda bo’ladi. Ba’zida chuvalchangsimon 

o’simtaning tug’ma bo’lmaslik hollari ham uchraydi, lekin bu turdagi hodisalar 

kamdan kam hollarda bo’ladi. 

Chuvalchangsimon  o’simtaning  retrotsekal  joylashishi,  9-25  %  holatlarda 

kuzatiladi. Retrotsekal o’simta joylashishining 3 turi farqlanadi: 

 



qorin parda ichida joylashishi; 

 



qorin devori ichida joylashishi; 

 



qorin orti bo’shlig’ida joylashishi. 

Retrotsekal joylashgan chuvalchangsimon o’simta, ko’pchilik hollarda uzun 

bo’lib, o’zining uch qismi bilan jigar, buyrak, o’n ikki barmoqli ichak, umurtqa 

pog’onasi, siydik nayi, tuxumdon, siydik pufagigacha borishi mumkin. Bunday 




 

365 


holatlarda yallig’lanish jarayoni yuqoridagi sanab o’tilgan a’zolarga o’tib, o’tkir 

appenditsit tashxisini aniqlashni mushkullashtiradi. 

 

 

78-rasm. Chuvalchangsimon o’simtaning joylashuvi. 



 

Embriogenez  jarayonida  ko’richak  epigastral  sohadan  o’ng  yonbosh 

sohasiga  tushadi.  Embrional  rivojlanishdagi  nuqsonlar  natijasida  embrional 

ichak  va  chuvalchangsimon  o’simta  jigar  ostida  bo’lishi  mumkin. 

Chuvalchangsimon  o’simtaning  qon  bilan  ta’minlanishi  appendikulyar  arteriya 

(a.  appendicularis)  orqali  amalga  oshiriladi,  u  o’z  navbatida  yonbosh-chambar 

arteriyadan 

boshlanadi. 

Qon 

yonbosh-chambar 



venaga 

quyiladigan 

appendikulyar vena bo’ylab oqib ketadi.  

Chuvalchangsimon  o’simta  innervatsiyasi  simpatik  va  parasimpatik  nerv 

chigallari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Chuvalchangsimon  o’simtaning  o’zida 

limfoid  to’qima  tutgan  ko’p  sonli  solitar  follikulalar  bo’lib,  bu  to’qima  to’siq 

faoliyatini bajaradi. 

Bugungi 


kungacha, 

chuvalchangsimon 

o’simtaning 

funktsional 

xususiyatlari  oxirigacha  to’liq  o’rganilmagan.  Bu  rudimentar,  hech  kanday 

vazifani  bajarmaydigan  a’zo,  degan  ba’zi  olimlarni  tushunchasi  hozirgi  kunda 

asossiz hisoblanadi. 

Chuvalchangsimon o’simta faoliyati: 




 

366 


 

Shilliq  qavatida  ishlab  chiqariladigan  suyuqlik  tarkibida  amilaza  va 



lipaza bo’lib, ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadi. 

 



Takibida  ko’p  miqdorda  limfatik  follikulalar  bo’lib,  himoya  vazifasini 

bajaradi. 

 

Tarkibida 



peristaltikani 

kuchaytiradigan 

gormon 

bo’lib, 


chuvalchangsimon  o’simta  holati  reflektor  ravishda  me’da,  o’n  ikki 

barmoqli ichak va boshqa a’zolarga ta’sir qiladi. 

Demak,  yuqoridagilarga  asoslangan  holda  quyidagi  hulosa  kelib  chiqadi: 

chuvalchangsimon o’simta inson organizmida ma’lum vazifani bajaruvchi zarur 

a’zolardan  biri  bo’lib,  faqatgina  patologik  o’zgarishlar  mavjud  bo’lgandagina 

uni olib tashlash to’g’ri bo’ladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin