Xirurgik kasalliklar


Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   363
Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari 

Me’da va o’n ikki barmoqli ichak o’sma kasalliklari kelib chikishiga ko’ra 

epitelial va noepitelial turlariga bo’linadi. Ularning har biri o’z navbatida xavfli 

va xavfsiz turlarga bo’linadi. Xavfli o’smalardan eng ko’p uchraydigani – me’da 

saratoni hisoblanadi (98%).  

Me’da  o’smalari.  Me’da  saratoni  –  me’da  shilliq  qavati  epiteliy 

hujayralaridan  kelib  chiqqan  xavfli  o’smadir.  Bemorlarning  ko’p  kismi  50 




 

352 


yoshdan  oshgan  bemorlar  guruhiga  kiradi.  Erkaklar  ayollarga  nisbatan  ko’prok 

kasallanadi. Jarrohlik usulida davolash samaradorligi kasallikni kech aniqlanishi 

sababli  pastligicha  kolmokda.  Kasallikni  erta  bosqichlarida  radikal  jarrohlik 

amaliyoti  o’tkazish  to’liq  sog’ayishga  olib  kelishi  mumkin.  Jarrohlik  usulida 

davolash natijalarini yaxshilash o’sma kasalliklarini erta aniqlash orqali amalga 

oshiriladi. 

Me’da  saratoni  erta  turlarini  3  bosqichi  tafovut  qilinadi:  saraton  in  situ, 

yuzaki saraton, invaziv saraton. Invaziv saraton shilliq osti qavatiga o’sib kiradi. 

Saraton  in  situ  yoki  intraepitelial  saraton  infiltrativ  o’sish  yo’qligi  bilan 

tavsiflanadi. 

Saraton 

in 


situ 

asosan 


me’da 

surunkali 

yarasi, 

proliferatsiyalanuvchi  adenomatoz  polip  sohasida,  giperplastik  gastrit  fonida 

kelib chiqadi.  

Yuzaki saraton invaziv hisoblanadi, ammo me’da shilliq kavati chegarasida 

tarqaladi  va    tunica  muscularis  mucosae  sohasida  shilliq  osti  qavatga 

tarqalmaydi.  Saraton  me’da  yarasidan  kelib  chiqqanda  makroskopik  polipdan 

kelib  chiqqan  erta  saraton  polipdek  oddiy  surunkali  yara  ko’rinishida  bo’ladi. 

Yuzaki saraton multitsentrik rivojlanadi. 

Saratonning  erta  invaziv  turi  –  erta  saraton  rivojlanishining  III  bosqichi 

hisoblanadi. O’sma elementlarini me’da shilliq osti qavatiga o’sib kirishi, ammo 

mushak  qavatiga  tarqalmasligi  bilan  tavsiflanadi.  Saratonning  erta  turi  klinik 

belgilari ular qaysi kasallik fonida kelib chiqqanligiga bog’lik bo’ladi. 

Me’da  saratonining  erta  turlarini  aniqlashda  gastroskopik  tekshiruvning 

ahamiyati  juda  katta.  Gastroskopiya  bir  nechta  joydan  gastrobiopsiya  va 

bioptatlarni  tsitologik  va  gistologik  tekshiruvlari  bilan  birgalikda  olib  borilishi 

shart.  Me’da  saratonini  kelib  chiqishiga  o’sma  oldi  kasalliklari  sabab  bo’ladi. 

Shifokor  vazifasi  –  o’sma  oldi  holatlarini  aniqlash  va  onkologik  kasallik  kelib 

chiqish  ehtimoli  yuqori  bo’lgan  xavfli  guruhga  kiruvchi  bemorlarni  aktiv 

kuzatish.  Me’da  saratoni  bilan  kasallangan  bemorlar  orasida  surunkali  gastrit 

fonida (50%) va surunkali yara (46%), kamdan-kam holatda me’da polipi fonida 

(4%) saraton kasalligi kelib chiqqanligini kuzatish mumkin. 



 

353 



Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin