Yaradan qon ketishi
343
Yaradan qon ketish yashirin va ochiqdan-ochiq bo’ladi. Qon me’da va o’n
ikki barmoqli ichak kapillyarlari, venalari, arteriyalaridan va a’zolardan
tashqaridagi tomirlardan oqadi. «Kichik» degan nom olgan kam qon
yo’kotishlarda (50 ml gacha) klinik manzara amalda ifodalanmagan bo’ladi,
garchi davomli «kichik» qon ketishlar ham kamqonlikka olib kelishi mumkin.
Yaradan profuz qon ketishi. Uning sababchisi ko’pchilik hollarda me’da va
o’n ikki barmoqli ichakning penetratsiyali yaralari hisoblanadi. Ko’p marta qon
ketib, ahvol tobora yomonlasha borishi mumkin. Yara kasalligi qo’zigan davrda,
bahor-kuz mavsumida qon ketish hollari ko’payishi qayd qilinadi. Qon
ketishining paydo bo’lishida ichkilik ichish, dori-darmonlar qabul qilish
(atsetilsalitsilat kislota, butadion, rezerpin, glyukokortikoidlar, antikoagulyantlar
va boshqalar) ham sababchi bo’la oladi.
Yara kasalligining qon ketish bilan asoratlanishi 15-20 foizni tashkil etadi.
Yara kasalligidan bemorlarning o’limi sabablari orasida qon ketishi birinchi
o’rinni egallaydi.
O’tkir gastroduodenal qon ketishlarining klinik manzarasi ularning
sabablariga, qon yo’qotish darajasiga va asosiysi, qon ketish intensivligiga
bog’liq.
Qon ketishining asosiy belgilari – umumiy holsizlik, bosh aylanishi, teri va
shilliq pardalarning bo’zarganligi, taxikardiya, yurak urishi, arterial bosim
pasayishi; kollaps rivojlanishi mumkin.
Gastroduodenal qon ketishining bosh belgilaridan biri «kofe quykasi»
turidagi yoki qirmizi qon rangli qon aralash qayt qilish (gematemezis)
hisoblanadi. Qusuq massalarining xarakteri bo’yicha aksariyat qon ketish
manbai to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. Qirmizi qizil qon yoki olcha rang
ivindi manbai me’dada bo’lgan qon ketishi uchun, «kofe quykasiga» o’xshash
qon manbai o’n ikki barmoqli ichakdan qon ketishi uchun xos. Ko’p qon
ketishlarda hatto duodenal yaradan qon aralash qusish kuzatilishi mumkin.
Me’dadan qon ketishining boshka patognomik simptomi qatronsimon axlat
(melena), ayrim hollarda olcha rangli axlat bo’lishi mumkin. Qon rangining
344
o’zgarishi me’dada gematin xlorid (yara kasalligida kislotalilik normal yoki
oshgan) hosil bo’lishi bilan, qatronsimon axlat – ichakda gemoglobinlar temir
sulfat hosil bo’lishi bilan bog’liq. Ko’p qon ketishi me’daning tez bo’shalishiga,
peristaltikasi kuchayishiga va qora rangli yoki kam o’zgargan qon aralash
badbo’y mo’l suyuq ich kelishiga sabab bo’lishi mumkin.
Qon ketish boshlangan vaqtdan 2-3 sutka o’tgach bemorlarda tana harorati
qon parchalanish maxsulotlarining ichakdan so’rilishi hisobiga ko’tarilishi qayd
qilinishi mumkin. Jigar-buyrak etishmovchiligi ro’y berishi mumkin.
Qon ketishi boshlanishining dastlabki soatlarida va hatto sutkalarida qizil
qon ko’rsatkichlarini o’rganish haqiqiy o’zgarishlarni va qon yo’qotilishini aks
ettirmaydi, shunga gemoglobin va eritrotsit ko’rsatkichlarinigina emas, balki
gematokrit, markaziy vena bosimi (MVB), globulyar hajm (GH) tanqisligini
ham dinamik o’rganish lozim.
Qon ketishining 4 darajasini farq qilinadi:
I darajasi – kam qon yo’qotadi, gemodinamikaning buzilishlari kam
bo’ladi. Qon tomir urishi oz-moz tezlashadi, arterial bosim normal. MVB
tanqisligi keragidan 5 foizgacha, gemoglobin 100 g/ l dan yuqori.
II darajasi – ko’proq qon yo’qotadi. Bemorning ahvoli o’rtacha og’irlikda,
bo’shashgan, teri qoplamlari rangpar. Qon tomir urishii tezlashgan, arterial
bosimi simob ustuni hisobida 80 mm gacha. Gemoglobin 80 g/l.
III darajasi – bemorning umumiy ahvoli og’ir, rangi keskin bo’zargan, uni
sovuq ter bosgan, qon tomir urishi tezlashgan, arterial bosimi simob ustuni
hisobida 60 mm gacha pasaygan. MVB tanqisligi keragidan 30 foizgacha,
gemoglobin 50 g/l.
IV darajasi – mo’l qon yo’qotib, bemor uzoq vaqtgacha hushidan ketadi, bu
holat agonal holatga yaqin bo’ladi. Qon tomir urishi va bosim amalda
aniqlanmaydi. MVB tanqisligi 30 foizdan yuqori. Bunday ko’p qon yukotishlar
bemor hayoti uchun jiddiy xavf tug’diradi va zudlik bilan globulyar hajm
tanqisligini, qonning plazma hajmini qon quyish, eritrotsitar massa quyish,
izotonik eritmalar yuborish bilan to’ldirishni talab etadi.
345
Transfuzion terapiya qon yo’qotilishiga bog’liq: chunonchi, MVBning 10
foizga tanqisligi deyarli korrektsion terapiyani talab etmaydi, MVB tanqisligi 20
foiz atrofida bo’lsa, qon o’rnini bosadigan suyuqliklar (plazma, albumin, protein
va b.) quyilishi shart. 25-35 foiz MVB atrofida qon yo’qotilishi eritrotsitar
massa (1/2 g hajm) va keyinchalik qon o’rnini bosadigan suyuqliklar (yuqori
molekulyar dekstranlar, kristalloid preparatlar) bilan to’ldiriladi.
Qon ketish sababini, uning kuchini differentsial diagnostika qilishda, hozir
shoshilinch gastroduodenofibroskopiyaga katta ahamiyat beriladi.
Gastroduodenal qon ketishi bo’lgan hamma bemorlar uning kuchi va
darajasidan qat’i nazar, kechayu kunduz, shoshilinch yordam ko’rsatadigan
xirurgik bo’limlarga yotqiziladi. Qon yo’kotishning og’ir darajasidagi, aktiv qon
oqadigan bemorlar, yoshi ulg’aygan va keksa odamlar reanimatsion bo’limga
yoki intensiv terapiya palatasiga yotqizilishlari kerak, bu erda quyidagi
diagnostik va davolash tadbirlari o’tkaziladi: 1) MVB ni o’lchash; 2) o’mrov
osti venasini katetrlash; 3) me’dani zondlash, uni sovuq suv yoki
epsilonaminokapron
kislota
bilan
yuvish;
4)
shoshilinch
ezofagogastrofibroskopiya; 5) oksigenoterapiya; 6) kardioterapiya; 7) qon
yuqotish darajasini aniqlash; 8) gemostatik preparatlar yuborish.
Gemostatik davolash uchun qon ivish xususiyatini oshiradigan va qon
ketayotgan sohadagi qon oqimini kamaytiradigan dori-darmonlar qo’llaniladi: 1)
quruq va nativ plazmani 20-30 ml dan har 4 soatda bo’lib-bo’lib yuborish; 2)
1% li vikasol eritmasini sutkasiga 6-8 ml gacha mushak to’qimasiga yuborish;
3) vena ichiga 1% li kaltsiy xlorid eritmasi yuborish (uning 10% li eritmasini
yuborishdan saqlanish kerak, chunki u qayta qustirib qon ketishini kuchaytiradi);
4) jelatinol, polivinolni vena ichiga yuborish; 5) epsilonaminokapron kislota 5%
li eritmasini 100-200 ml dan har 5-6 soatda yuborish; 6) qon ivish sistemasini
yaxshilashga yordam beradigan ditsinon, pituitrin va boshka preparatlarning
eritmalarini vena ichiga yuborish; 7) me’dani lokal gipotermiya qilish – muzli
xaltacha qo’yish, muz bo’lakchalarini shimdirish, maxsus apparat bilan
346
gipotermiya qilish; 8) endoskopik to’xtatish (diatermokoagulyatsiya, lazer
ta’siri).
Volemik buzilishlar MVB, umumiy statusni qat’iy nazorat qilib turgan
holda korrektsiya qilinishi (izga solinishi) kerak. Bemorga qon ketishi
to’xtagandan keyin ham 10-12 kungacha o’rinda yotish tavsiya etiladi.
Shoshilinch operatsiyaga ko’rsatmalar bo’lmaganda keyingi taktika va
operatsiya usulini tanlash aniqlanmagan o’zgarishlarga, bemorning ahvoliga
bog’liq bo’ladi.
Dastlabki 12-24 soat ichida massiv qon ketishi fonida ro’yrost gemorragik
shokda shoshilinch operatsiya konservativ davolash naf bermaganda,
statsionarda qon ketishi qaytalangan bemorlarda o’tkaziladi.
Shoshilinch operatsiya (dastlabki 24-48 soatda) ko’p qon ketganda
anchagina mikdorda qon, suyuqlik quyish bemor ahvolini yaxshilamaganda,
MVB avvalgi past raqamlarda qolganda, ya’ni konservativ davolashdan foyda
bo’lmaganda o’tkaziladi.
Yoshi ulg’aygan va keksa yoshdagi odamlarda, yara anamnezi
davomliligidan qat’iy nazar qonab turadigan yaralar bo’lganda shoshilinch
operatsiyalarga ko’rsatmalarni ayniqsa kengaytirish lozim, chunki bu
kategoriyadagi bemorlarda kallyoz yaralar qonab turadi, qon yo’kotishdagi
kompensator mexanizmlar esa birmuncha pasaygan bo’ladi.
Qonab turadigan gastroduodenal yaralarda operatsiya qilishdan maqsad qon
ketishini to’xtatish va bemorni yara kasalligidan holi qiladigan radikal
operatsiyani imkon boricha erta o’tkazishdan iborat bo’ladi. Me’da yaralarida
me’da rezektsiya qilinib, qonab turgan yara olib tashlanadi (qon kam yo’qotilsa
va operatsiyadan xavf kam bo’lsa); og’ir yotgan, yoshi ulg’aygan va keksa
bemorlarda – yarani kesish yoki qonayotgan tomirni gastrotomik kesma orqali
tikish, vagotomiya va piloroplastika bilan o’tkaziladi.
Ko’pincha penetratsiya qiladigan duodenal yaralarda qonab turgan yarani
piloroplastika va vagotomiya (yaxshisi, tutam vagotomiyasi) bilan tikish eng
347
ma’qul operatsiya hisoblanadi. Qo’shilib kelgan yaralarda tutam vagotomiyasi
va antrumektomiya yoki me’daning birlamchi rezektsiyasini qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: |