Teshilgan gastroduodenal yaralar
Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yaralari perforatsiyasi – yara
kasalligining eng xavfli asoratlaridan biridir: turli mualliflarning ma’lumotlariga
ko’ra ular 3 dan 30 foizgacha uchraydi.
Yaralarning teshilish sabablari har xil. Ko’pincha bundan oldin yara
atrofidagi yallig’lanish jarayoni qo’ziydi, simptomlar kompleksi kuchayadi
(«prodromal» davr), ba’zan qorin ichidagi bosim oshadi.
Yara teshilishi mehnatga layoqatli yoshda (20-50 yosh) uchraydi. Yoshi
ulg’aygan va keksa odamlarda yara perforatsiyasi unchalik ko’p kuzatilmaydi.
Yarasi teshilgan bemorlarda davomli «yara» anamnezi kuzatiladi, biroq
yoshlarda (30 yoshgacha) teshilish batamom tinch sharoit fonida paydo bo’ladi
(«soqov» yaralar teshilishi).
А Б
|