va birmuncha chuqur joylashgan devorlarining defekti (nuqsoni) yara deyiladi,
uning o’lchamlari va chuqurligi har xil bo’lishi – yuza yaradan (shilliq parda
chegarasida), to uning hamma qatlamlarini qamrab oladigan chuqur (perforativ
va penentratsiya qiladigan) yaralargacha, bir necha millimetrdan, to «gigant»
yaralargacha (3-5 sm va undan katta) bo’ladi. Me’da yaralari asosan kichik
egrilikda, kamroq – tanasida va katta egriligida, o’n ikki barmoqli ichakda –
bitgandan keyin me’da piyozcha qismi shaklini buzadigan chandiq qoldiradi,
tinchiydigan och og’riqlar, jig’ildon qaynashiga xos bo’ladi. Og’riq maromi
ifodalangan: ochlikda – og’riq boshlanadi, ovqat eyilganda – engillashadi,
ochlikda – yana og’riq boshlanadi. Bu «uch fazalilik» jarayonning yaqqol o’n
326
ikki barmoqli ichakda joylashganidan darak beradigan asosiy diagnostik-
anamnestik belgi hisoblanadi. Og’rik xarakteri, doimiyligi o’zgarganda, orqa,
elka, kurakka o’tganda yara penentratsiyasi haqida o’ylash lozim.
Odatda jarayon qo’zigan davrda paydo bo’ladigan qusish bemorga
birmuncha engillik beradi, u nordon, unda ovqat aralashmasi bo’lmasligi
mumkin. Qusuqda ovqat bo’lishi, ayniqsa qusishdan bir muncha oldin yoki
qusish oldidan ovqat eyilgan bo’lsa, bu holda stenoz bilan bog’lik bo’lgan
evakuatsiya buzilishi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Bemorlarning umumiy holati, odatda, kam o’zgaradi yoki umuman
o’zgarmaydi. Bemorda ozib ketish kuzatilmaydi, bu aksariyat bemorning
og’riqni yo’qotish uchun ovqat eb turishga intilishi bilan bog’lik bo’ladi. Stenoz
paydo bo’lganda va ovqat o’tkazuvchanlikning buzilishlarida ozib ketish qayd
qilinadi, xolos.
Duodenal yara diagnostikasida, umumiy qabul qilingan tekshirishlardan
tashqari,
me’da
sekretsiyasini
tekshirishga
katta
ahamiyat
beriladi.
Kislotalilikning yuqoriligi (bu me’daning boshqa kasalliklarida ham uchrasada)
bazal davrda ham, gistamin va insulin bilan rag’batlantirishdan keyin ham o’n
ikki barmoqli ichak yarasi uchun xos.
Rag’batlantirilgan
kislotalilik
ko’rsatkichlarining
yuqoriligi
–
gipersekretsiya (soatiga 40 mmoldan yuqori) yara teshilishi (perforatsiya) yoki
qon ketishi kabi asoratlar bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi, KBI (kislotaning
bazal ishlanishi) ning yuqori ko’rsatkichlari Zollinger-Elisson sindromi borligi
mumkinligidan dalolat beradi. Bu holda qondagi gastrin mikdorini tekshirish
kerak.
Dostları ilə paylaş: