Xirurgik kasalliklar


Diagnostik tekshirish usullari



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   363
Diagnostik tekshirish usullari 

Me’da  shirasi  analizi.  Tekshiruv  nahorda  o’tkaziladi.  Me’da  ingichka 

zond bilan zondlanadi va yig’ilgan suyuqlik aspiratsiya qilinadi. So’ngra 1 soat 

mobaynida  suyuqlikni  doimiy  aspiratsiya  qilib,  kislotaning  bazal  ishlanishi 

tekshiriladi.  Kislotaning  bazal  ishlanishi  ko’rsatkichlari  bo’yicha  vagus  tonusi 

va uning sekretor apparatga ta’siri to’g’risida bilvosita xulosa chiqarish mumkin. 

Maksimal  gistamin  (pentagastrin)  testi  –  sekretsiyani  o’rganishning  eng 

ahamiyatli  usullari:  me’da  shirasining  ajralishi  bo’yicha  shilliq  parda 

patomorfologiyasi  holatiga  baho  berish  mumkin.  Gistaminning  qo’shimcha 

ta’siri  bo’lishi  mumkinligini  hisobga  olib,  oldindan  antigistamin  preparatlar 

yuboriladi.  Me’da  suyuqligi  1  soat  ichida  (0,024  mg/kg  dozada  gistamin 

yuborilgandan  keyin  30  minut  o’tgach)  aspiratsiya  qilinadi.  Sekretsiya  hajmi, 

umumiy kislotalik va ozod xlorid kislota titrlash birliklarida, xlorid kislota debiti 

mmol/soat hisobida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 

 

Maksimal  gistamin  (pentagastrin)  testlarining  quyidagi  normativlari  farq 



qilinadi:  soatlik  ajralishi  –  soatiga  180-220  ml;  kislotaning  bazal  ishlanishi  – 

soatiga  18-20  mmol;  yoshi  ulg’aygan  va  keksa  odamlar  uchun  ular  birmuncha 

past  –  soatiga  15-20  mmol.  Normada  bazal  sekretsiya  ko’rsatkichlari:  soatlik 

ajralishi  –  soatiga  50-100  ml;  kislotaning  bazal  ishlanishi  –  soatiga  4,5-5,5 

mmol. 

Me’da  yarasida  sekretsiya  ko’rsatkichlari  normoatsid  yoki  gipoatsid,  o’n 



ikki  barmoqli  ichak  yarasida  –  giperatsid  (soatiga  40-45  mmolgacha), 

sekretsiyaning  birmuncha  yuqori  ko’rsatkichlarida  (gipersekretorlar)  Zollinger-




 

322 


Ellison  sindromi  bo’lishi  mumkinligi  hakida  o’ylash  lozim  (bunday  hollarda 

zardob gastrinini o’rganish zarur). 

Xollander insulin testini qo’llanishda 10 kg tana og’irligiga 2 TB hisobidan 

venaga  insulin  yuboriladi,  unda  me’da  shirasini  2  soat  ichida  yig’iladi  (har  15 

minutda  8  portsiya).  Test  qondagi  qand  miqdorini  nazorat  qilgan  holda 

o’tkaziladi.    Bu  testni  qo’llanish  adashgan  nervning    me’da  sekretsiyasiga 

ta’sirini  tadqiq  qilish  imkonini  beradi.  Biroq,  u  Key  testiga  qaraganda  kam 

ma’lumot  beradi,  u  hozirgi  vaqtda  ham  qo’llaniladi.  Yoshi  ulg’aygan  va  keksa 

odamlarda me’da sekretsiyasini tekirishda Key testi bilan chegaralanish lozim. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin