Churra qisilishi. Churra qisilishi, odatda, churra ichidagining churra
darvozalarida yoki churra xaltachasi bo’yni og’zida, yoki churra xaltachasidagi
bitishmalar orasida to’satdan qisilib qolishidan iborat. Bunda churra ichidagi
a’zolar to’qimalarida qon ta’minoti, innervatsiyasi binobarin ular trofikasi va
oziqlanishining buzilishlari ro’y beradi. Churraning qisilish sabablari turli tuman
bo’lishi mumkin.
Elastik qisilishda churra xaltachasiga o’tgan a’zolar tashqaridan bosiladi.
Najas bilan qisilishda ichak ichidagi narsa ko’p miqdorda yig’ilib, churra
xaltachasining to’lishini ancha oshiradi va shu tariqa churra halqasidagi bosimni
kuchaytiradi, buning oqibatida ichak tutilib qolishi vujudga keladi.
Churraning qisilish turlaridan biri Rixter churrasi bo’lib, uni o’z vaqtida
diagnostika qilish nihoyatda mushkul. Churraning bu turida churra xaltachasida
ichak devorining faqat bir qismi qisiladi. Operatsiyada churra xaltasini ochish
birmuncha qiyinchilik tug’diradi, chunki devor oldidagi qisilgan uchastka
bevosita churra xaltachasi tubiga taqalgan bo’ladi va shu sababli ichak tasodifan
kesib qo’yilishi mumkin.
Retrograd yoki teskari qisilish qisilishning turlaridan biri hisoblanadi.
Retrograd qisilishda ichak qovuzloqlarining jonsizlanishi qisilgan xalqadan
yuqorida boshlanadi. Ichak qovuzloqlari 2-14 soat ichida jonsizlanadi.
Dostları ilə paylaş: |