329
Yara penetratsiyasi
Bu
perforatsiyaning
sekin
kechadigan
turlaridan
biri
bo’lib,
penetratsiyaning 3 bosqichi farq qilinadi:
I – devorning hamma bo’limlari orqali o’tishi – devor ichi penetratsiyasi;
II – qo’shni a’zo bilan fibroz qo’shilib ketish bosqichi;
III – penetratsiyaning tugallanish va qo’shni a’zoga (kichik charvi, me’da
osti bezi, jigar, ko’ndalangchambar ichak yoki uning ichak tutqichi, diafragma,
taloqqa) kirishi.
Penetratsiyaning o’ziga xos simptomlari og’riqning kuchayishi, uning
doimiyligi, bel sohasiga, kurakka, bo’yinga (penetratsiya ro’y bergan a’zoga
ko’ra) tarqalishi, qattiq, tungi og’riqlar, konservativ davolashning foydasi
yo’qligi yoki kam naf berishidan iborat. Umumiy o’t yo’liga penetratsiya
bo’lishi mumkin, u o’t pufagiga kamdan-kam kiradi. Bu holda biliodigestiv
oqma yara hosil bo’ladi.
Me’da osti beziga penetratsiya orqaga o’rab oladigan og’riq bilan o’tadi,
me’da osti bezi boshchasiga penetratsiya bo’lganda sariqlik paydo bo’lishi
mumkin, me’da yarasi bez tanasiga teshilganda og’riq, kurakka, yurakka
tarqaladi.
Kovak a’zoga penetratsiya oqma hosil bo’lishi bilan tugallanishi mumkin,
yo’g’on ichakka penetratsiya bo’lganda axlatda ovqat, axlat aralashgan, axlat
hidi keladigan qusish bilan o’tadi.
Penetratsiyali yaralarda, ayniqsa oqma paydo bo’lganda jarrohlik
amaliyotlari qiyinchilik bilan kechadi.
Dostları ilə paylaş: