Xirurgik kasalliklar


Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   363
Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi 

Me’da  va  o’n  ikki  barmoqli  ichakning  yara  kasalligi  –  hozirgi  zamon 

gastroenterologiyasining  asosiy  muammolaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  kasallik 

1000  aholiga  hisob  qilganda  4-5  hollarda  uchraydi.  Kasallik  yoshlar  va  yoshi 

ulg’aygan hamda keksa odamlarda ham  uchrab tursada, asosan 20-40 yoshdagi 

kishilarda  bo’ladi.  Yoshlikda  uning  duodenal  formasi,  keksalikda  me’da  yarasi 

uchraydi.  Erkak  va  ayollarda  uchrash  nisbati  yoshlarda  va  o’rta  yoshlarda  5:6, 

yoshi ulg’aygan odamlarda 3:1 va keksalarda deyarli 1:1. Bemorlarning nogiron 

bo’lishlari  jihatidan  yara  kasalligi  2-o’rinni  egallaydi  (yurak-tomirlar 

kasalliklaridan keyin). 

Yara kasalligi etiologiyasi murakkab va hal qilinmagan masala hisoblanadi. 

Hozirgi  vaqtda  omillarning 3  asosiy  guruhi:  nerv, gumoral  va mahalliy  omillar 

mavjud.  Konstitutsiya,  irsiyat,  tashqi  muhit  sharoitlari  muayyan  rol  uynaydi. 

Me’da  yaralari  shilliq  pardaga  ximiyaviy  va  fizik  omillar,  dori  preparatlari 

ta’siridan, qon aylanishining buzilishi, gipoksiya va boshqalardan paydo bo’ladi, 

bu shilliq parda butunligi buzilishiga olib keladi. 

Ultserogen  omillarga  (M.I.  Kuzin  bo’yicha,  1986)  quyidagilar:  tug’ma 

(parietal hujayralar massasi oshishi, nerv sistemasi reaktivligi xususiyatlari, I (0) 

qon  gruppasi;  stress  holatlar  (kasbkorga  oid  va  ruhiy  zo’riqishlar,  shikastlar, 

kuyish,  sepsis);  kislotali-ishqor  muvozanat  holatining  buzilishi,  antroduodenal 

dismotorika;  ovqatlanishning  noto’g’ri  maromi;  surunkali  och  qolish;  dori-

darmonlar  (atsetilsalitsilat  kislota,  indometatsin,  glyukokortikoidlar);  endokrin 



 

325 


bezlar    ta’sirlari  (gipokaliemiya,  surunkali  pankreatit  tashqi  sekretor 

funktsiyaning  pasayishi  bilan,  Zollinger-Ellison  sindromi;  kalqonsimon  oldi 

bezi,  gipofiz,  buyrak  usti  bezi  adenomasi);  jigar,  buyrak,  o’pkaning  surunkali 

kasalliklari, qon aylanishining o’tkir va surunkali buzilishlari. 

Me’da va o’n ikki barmoqli ichakda yara defekti hosil bo’lishiga agressiya 

omillari  (xlorid  kislota,  pepsin,  motorika  buzilishlari,  shilliq  parda  shikastlari, 

ovqatlanish omillari va tashqi muhit ta’sirlari) va himoya omillari (shilliq parda 

rezistentligi,  ishqoriy  sekretsiya,  antroduodenal  kislota  «tormozi»,  ovqat 

xarakteri  va  boshqalar)  o’rtasidagi  dinamik  muvozanatning  buzilishi  imkon 

beradi. 


Yara  kasalligi  paydo  bo’lish  mexanizmining  murakkabligi  hisobiga 

olinadigan bo’lsa, qonservativ davolashning ham, operatsiya usulini tanlashning 

ham qiyinligi o’z-o’zidan ravshan bo’ladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin