bilan qoplangan bo’rtmacha aniqlanib, uning ostida qorin a’zolari paypaslab
qovuzloqlari) ko’pincha bo’rtib chiqqan joy sohasida yamoqli o’zgargan teri
bilan qo’shilib ketgan bo’ladi. Tushgan ichki a’zolarning churra xaltachasi bilan
bitishmalar hosil qilganligi, shuningdek ko’p sonli ichki a’zolarning churra
xaltachasiga surilishi natijasida operatsiyadan keyingi churralar ko’pincha
mahkam tutib turadigan belbog’-bandaj tayinlashdan iborat. Davolashning bu
usuli ba’zan katta eventratsiyali semiz bemorlarni davolashning birdan bir yo’li
309
Eventratsiyasi ko’p bemorlarni operatsiyaga 1-2 xafta mobaynida
tayyorlanadi, u o’rinda yotishi kerak, chunki aks holda operatsiya vaqtida ichki
a’zolarni to’g’rilash va ularning ustidagi qisqargan qorin devorlarini tortish
qiyin. Operatsiya qilib davolash churra xaltachasini ajratishdan, yupqalashgan
teri yamog’i va unga yopishgan churra ichidagi a’zolar o’rtasidagi bitishmalarni
ajratishdan iborat, shundan keyin ajralib ketgan qorin devori aponevrozini
ajratish va ularga choklar solish zarur.
O’rtada joylashgan churra operatsiyalaridan keyin churra teshigini ikki
marta ko’paytirish printsipi bo’yicha, aponevrozning bir chekkasini ikkinchisiga
qo’yib yopiladi. Yon tomonlama operatsiyalardan keyingi churralarda devor
nuqsoni odatda muskullarni qatlam-qatlam qilib tikib yopiladi.
Vreden usuli – qorin devori nuqsoni bo’lgan joyda cho’zilgan yamoq
to’qimalari va aponevrozidan qo’shaloq hosil qilishdan iborat.
S. P. Shilovtsev usuli – aponevrozdagi nuqsonni yamoqli teri laxtagi bilan
uning epidermal qatlamini oldindan elektr koagulyatsiya qilib plastik
bekitishdan iborat. Chandiqli to’qima va katta nuqsonlarda cutis-subcutis dan
foydalaniladi, shuningdek qo’shni muskullardan olingan oyoqchadagi plastinka,
son serbar fastsiyasidan olingan erkin fastsial to’qima yoki alloplastika ham
qo’llaniladi. Churra teshiklarini polivinilalkogol, porolon, polietilen kabi
matolar bilan plastika qilishda ham yaxshi natijalar olingan.
310
71-rasm. Amaliyotdan keyingi churralarda Voznesenskiy usulida plastika
qilish.
Amaliyotdan keyingi gigant churralarida, osilgan qorin bilan bo’lgan
bemorlarda jarrohlik amaliyoti churra darvozasini Voznesenskiy usulida plastika
qilish va osilgan qorinni Zolton usulida bartaraf etish tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: