Chov churralarini davolash. Chov churralarini operatsiya yo’li bilan
davolashning 100 dan ortiq usuli mavjud. Og’riqsizlantirish ko’pincha mahalliy
bo’ladi.
Asoratlangan formalarida, shuningdek bolalarda operatsiya narkoz ostida
o’tkaziladi.
Operatsiyaning asosiy bosqichlari:
1) Pupart boylamiga parallel holda qiyshiq chov kesmasi ochiladi, teri, teri
osti kletchatkasi, ikkita yuza fastsiya, jumladan Tompson va qorin tashqi qiyshiq
muskuli aponevrozi tilinadi;
2) churra xaltachasini ajratish;
3) churra xaltachasini ochish va ichidagi a’zoni kiritish (to’g’rilash);
4) churra xaltachasining bo’ynini ikkala tomondan tikish, bog’lash va
xaltachasini qirqish. Katta churralarda churra xaltachasi ajratilmay, bo’yni
oldidan ko’ndalangiga kesiladi va kiset chok bilan ichidan tikiladi, bog’lanadi,
xaltacha periferik qismini esa yorg’oqda qoldiriladi (V.I. Razumovskiy
bo’yicha);
5) churra darvozalari plastikasi.
Churra darvozalari turli usullar bilan berkitiladi.
Orttirilgan qiyshiq chov churralarida churra darvozalarini plastika qilish
usullarini ikki guruhga bo’lish mumkin:
I. Chov kanali oldingi devorini qorin tashqi qiyshiq, muskuli aponevrozini
ochmasdan mustaxkamlash usullari.
Cherni usuli – aponevroz oyokchalariga ikkita chok va chov kanali oldingi
devoriga 3-4 chok qo’yiladi.
294
Ru usuli – Cherni usulidan farqli ravishda yuqoridan. aponevrozdan
tashqari ichki qiyshiq, va ko’ndalang muskullarning pastki chekkasini, pastdan
esa pupart boylamini chokka qamrab oladi.
Oppel usuli – tashqi chov halqasi oyokchalarini tikish bilan Ru usulini
to’ldiradi. Xalkadan ko’rsatkich barmoq uchi o’tishi kerak.
Churra qirqishning qorindan tashqarida o’tkaziladigan bu usullarining qator
kamchiliklari bor, ular ko’rmasdan o’tkaziladi va aksariyat bolalarda
foydalaniladi.
II. Aponevrozni ochib, chov kanali oldingi devorini mustahkamlaydigan
usullar:
Bobrov-Luk-Shampioner usuli – tashqi qiyshiq muskul aponevrozi
kesmasining yuqori chekkasini ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullar va
ko’ndalang fastsiya bilan birga tashqi qiyshiq muskul aponevrozi pastki
chekkasiga urug’ tizimchasining oldingi tomonidan tikiladi
Martynov usuli – tashqi qiyshiq muskul aponevrozidan dublikatura
yaratiladi. Qiyshiq chov churralarinii engil formalarida va chov oralig’i baland
bo’lmaganda qo’llaniladi.
Jirar usuli – muskullar Pupart boylamini ichki yuzasiga tikilgandan keyin
tashqi qiyshiq muskul aponevrozidan, urug’ tizimchasi oldingi tomonida yana
ko’shaloqlanish yuzaga keladi. Bu plastikada ko’pincha Pupart boylami va qorin
yon muskullarining pastki chekkasi tolasizlanib qoladi.
Spasokukotskiy usuli – Jirar usulidan farqli ravishda choklarning birinchi
qatoriga aponevrozning yuqori laxtagini va ichki qiyshiq hamda ko’ndalang
muskullar chekkalarini qamrab oladi va Pupart boylamiga tikadi. Choklarning
ikkinchi qatori bilan aponevroz dublikaturasi vujudga keltiriladi.
Kimbarovskiy usuli bir turdagi to’qimalarni (tashqi qiyshiq muskul bilan
pupart boylami aponevrozi) qo’shilishiga asoslangan, bunda ular yaxshiroq,
birikadi. Shu maqsad uchun original chok tavsiya qilingan.
295
Takrorlanadigan va katta churralarda, shuningdek to’g’ri chov churralarida
churra darvozalarini plastika qilish uchun chov kanali orqa devorini
mustaxkamlaydigan usullar qo’llaniladi.
67-rasm. Chov kanalini Jirar-Spasokukotskiy usulida Kimbarovskiy
choklari bilan plastika qilish.
Bassini usuli – urug’ tizimchasi ajratiladi va uni chekkaga surib qo’yiladi.
Ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarni pupart boylamiga tikib qo’yiladi va shu
tariqa chov kanalining orqa devorini vujudga keltiriladi. Urug’ tizimchasini
joyiga qo’yiladi va uning ustida tashqi qiyshiq muskul aponevrozi chekkalarini
tikiladi. Medial tomondan, to’g’ri muskul qini chekkasini chov boylamiga va
qov suyagining suyak pardasi ustiga tikib qo’yiladi.
Bu usulda chov oralig’i tugatiladi, urug’ tizimchasi uchun yangi joy hosil
bo’ladi.
296
68-rasm. Chov kanalini Bassini usulida plastika qilish.
Kukudjanov usuli (soddalashtirilgan turi). Bu usulning mohiyati chov
kanali orqa devorini urug’ tizimchasi orqasida qorin ko’ndalang payini oldindan
tikish va chov oraligini to’g’ri ichak qinini Kuper boylamiga, ko’ndalang
fastsiya va qorin ko’ndalang muskuli aponevrozini chov boylamiga fiksatsiya
qilish hisobiga tugatish yo’li bilan mustahkamlashdan iborat. Eng tashqi chok
kiset xolida qo’yiladi, unga kichkina uchastkada urug’ tizimchasining qin
pardasi qamrab olinadi. Bu chok chov kanali chuqur halqasi sathida joylashgan.
Iplar medial tomondan bog’lanadi. Urug’ tizimchasi yana joyiga qo’yilgandan
keyin tashqi qiyshiq muskul aponevrozi varaqlaridan duplikatura hosil kilinadi.
Postempskiy usuli – urug’ tizimchasi ostida ikki qator chok bilan aponevroz
duplikaturasi hosil qilinadi. Choklarning birinchi qatoriga, aponevrozdan
tashqari qorinning ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarining chekkalarini ham
qamrab olinadi.
Bu metodikaga binoan urug’ tizimchasi bevosita teri ostida bo’ladi.
Xozirgi vaqtda chov kanalining ham orqa, ham oldingi devorini
mustakkamlash uchun biologik (son, teri fastsiyalaridan, oziqlanadigan
oyoqchadagi muskullardan autolaxtaklar) va sintetik (kapron, neylon, porolon,
polietilen va b.) materiallar qo’llanilyapti.
297
Tug’ma chov churralaridagi operatsiyalar churra xaltachasiga ishlov berish
va churra darvozalarini plastika qilish bilan farq qiladi. Churra xaltachasi urug’
tizimchasi elementlaridan ajratilmaganda xaltacha oldingi devori bo’ylab
ochiladi va bo’yni oldida qirqiladi. Proksimal qismi ichidan kiset chok bilan
tikiladi va qorin bo’shlig’iga kiritiladi. Xaltachaning distal qismi uzunasiga
tilinadi va qisman kesiladi. Qolgan qismi seroz qoplami bilan tashqariga
ag’dariladi va Vinkelman usulida tikiladi yoki boshidan-oxirigacha uzunasiga
tilinadi (Bergman operatsiyasi). Bu moyak istisqosidan saqlab qoladi. Go’daklik
yoshida churra darvozalarini plastika qilish uchun Cherni, Oppel usullari
qo’llaniladi, katta yoshdagi bolalarda va kattalarda chov kanali oldingi devorini
mustahkamlash usullaridan foydalaniladi.
Sirpanuvchan chov churralarida churra xaltachasini ehtiyotlik bilan
ochilgandan keyin qorin pardasi a’zoi o’tadigan joydan 1-1,5 sm tashlab, churra
xaltachasi ichida chok solinadi. Kiset chokdan distal tomonda churra xaltachasi
qirqib olinadi va sirpangan a’zo qorin bo’shligiga solinadi va chov kanali
oldingi devorining plastikasi bajariladi.
Hozirga paytda chov churralarida jarrohlik amaliyoti laparoskopik usulda
bajarilishi keng qo’llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |