ezofagoskopik tekshirish asosida, shuningdek kasallikning klinik manzarasiga
277
bemorning umumiy holatiga (tobora ozib ketish-ketmasligi, ishtaha aynishi –
go’shtdan voz kechish, qonda o’zgarishlar – ROE tezlashuvi), o’mrov ustidagi
limfatik bezlarning holatiga ahamiyat berish va rentgen suratlarni qunt bilan
tahlil qilish zarur. Xavfsiz o’smalar silliq konturga, qator hollarda uzun
oyoqchaga ega.
63-rasm.
Qizilo’ngach-me’da
sohasidagi
kartsinoma
(endoskopik
sonografiya).
Ular atrofidagi shilliq parda qayishqoqligini va o’ziga xos tasvirini saqlab
qoladi. Biroq faqat rentgenologik tekshirishlar ma’lumotlariga asoslanib rak
borligini yoki yo’qligini hamisha ham bilib bo’lmaydi, chunki xavfli o’smalar
kam oyoqchada joylashgan va etarlicha silliq konturlarga ega bo’lishi mumkin.
Birmuncha ishonchli ma’lumotlar ezofagoskopiyada olinishi mumkin. Shubhali
hollarda biopsiya qilinadi, o’smaning xavfsiz xarakteriga shubha qilinganda
biopsiyani nihoyatda ehtiyotlik bilan o’tkazish lozim, chunki gemangiomalarda
kuchli qon oqishlar yuz berishi mumkin.
O’smaning aynishi yoki boshqa asoratlar paydo bo’lishining oldini olish
(qon oqishi, yallig’lanish va x.k.) uchun xirurgik davo (hatto o’smaning
o’lchamlari kichik va simptomlari kam bo’lsa-da) qilinadi. Oyoqchali o’smani
ezofagoskop yordamida olib tashlash mumkin. Bunday operatsiyani birinchi
marta 1907 yilda Jackson bajargan.
278
Qizilo’ngach ko’krak bo’limining intramural o’smalarida torakotomiya
talab etiladi. O’smaning xarakteri, o’lchamlari va joylashuviga ko’ra uning
enukleatsiyasi
yoki
qizilo’ngach
rezektsiyasi
operatsiyasi
o’tkaziladi.
Qizilo’ngach devoridagi katta nuqsonlar o’rnini to’ldirish uchun alloplastika
(E.N. Vantsyan) yoki diafragma laxtagi bilan plastika qilinadi (T.A. Suvorova).
Lewis ma’lumotlariga ko’ra operatsiyadan o’lim hollari 9,3% ga etadi.
Qizilo’ngach xavfsiz o’smalarini olib tashlash operatsiyasidan keyingi davr
odatda asoratlarsiz o’tadi.
Keyinchalik o’smaning qaytalanish hollari qayd qilinmagan. Xulosa qilib
shuni aytish kerakki, qizilo’ngachning xavfsiz o’smalarini diagnostika qilishda
klinik ma’lumotlarga oqilona baho berish bilan birga zamonaviy tekshirish
usullarini qo’llanishining ahamiyati katta. O’smalarning xavfli aynishga uchrash
imkoniyatini bartaraf qilish uchun ularni iloji boricha erta olib tashlash zarur.